Telefonda o`chgan smslarni tiklash

Telefonda o`chgan smslarni tiklash
telefonda ochgan smslarni tiklash 65cae6da2f82a

maxresdefault 1 2

Telefonda o`chgan smslarni tiklash

Mundarija скрыть
Telefonda o`chgan smslarni tiklash
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Android’da SMS o‘chib ketsa uni qanday tiklaymiz?
SMS-xabarni bexosdan o‘chirib tashladingiz, kerak bo‘lganda uni qayta tiklashni ham bilib qo‘ying.
Bu juda oson va oddiy jarayon.
Avvalombor, sizga kompyuter, telefon va USB-kabel kerak bo‘ladi. Bir yo‘la, matnli xabarni hech qachon yo‘qotib qo‘ymaslikni ham bilib olasiz.
O‘chib ketgan xabarni qayta tiklash uchun kerak bo‘lgan asboblar Windows uchun ham, Mac uchun ham yozilgan bir qancha zo‘r dasturlar mavjud. Aslida ularning ikkalovi ham bir ishni bajaradi: gadjet xotirasini skanirlaydi, keyin yo‘qolgan matnli xabarni aniqlaydi va qayta tiklaydi. Ularning ayrimlari pulli, ayrimlari esa bepul. Bularning barchasi o‘z yo‘riqnomasiga ega, shu bois o‘rganishni tezlashtiradi.
5afd38f6ef5a8
Qayta tiklash jarayoni bir nechta oson bosqichdan iborat: gadjetni yoqish, skanirlash, avvaldan ko‘rib chiqish va qayta tiklash.
Dastavval, ikkita eng sifatlisi haqida to‘xtalsak: Wondershare Dr. Fone for Android (Mac va PK uchun) hamda Coolmuster Android SMS+Contacts Recovery (Mac va PK uchun).
Jarayonni ko‘rsatish uchun Wondershare’dan foydalanamiz, shunga o‘xshash boshqa ko‘pchilik dasturlar ham qadamni shunday boshlaydi.
5afd393d6ad7e
1–qadam: Smartfonda dasturchi sozlagichini faollashtiring. Buning uchun,  “Nastroyki”  > “Ob ustroystve” ilovasini ochasiz va  “Rejim razrabotchika vklyuchen” eslatmasi paydo bulgunga qadar “Nomer sborki” punktini bosib turasiz.
2–qadam: “Nastroyki” ga qayting, so‘ngra ro‘yxatdan “Parametri razrabotchika” bo‘limini toping. O‘sha joyda “USB otladka” qarshisida belgi o‘rnatasiz.
3–qadam: Kompyuterda Wondershare’ning tajriba versiyasini yuklang va o‘rnating hamda Android-gadjetni kompyuterga qo‘shing.
4–qadam: Qurilmangizni identifikatsiya qilish va uning xotirasini skanirlash uchun dasturdagi qoidalarga amal qiling.
5afd396682e5e
5-qadam: Jarayonni tamomlaganingizdan keyin ekranda telefoningizdan o‘chib ketgan ma’lumotlar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Shuni ham e’tiborga olishingiz kerakki, agar xabarlarni saqlaydigan joy boshqa ma’lumotlar bilan qayta yozilgan bo‘lsa, ularni tiklay olmaysiz. Shu bois bunday vaziyatda tez harakat qilish juda muhim.
6–qadam: chapdagi panelda “Soobщyeniya” papkasini oching, qaytarmoqchi bo‘lgan sms’ni ajrating, “Vosstanovit” tugmasini bosing.
E’tibor qiling: Agar yo‘qolgan ma’lumotlarni kompyutersiz qaytarmoqchi bo‘lsangiz, unda smartfoningizda superfoydalanuvchi huquqini olishingiz kerak bo‘ladi.
Manba: galaxy-droid.ru

Telefonda o`chgan smslarni tiklash