Boy va kambag‘al 12+ to’liq malumot oling

Boy va kambag‘al 12+ to’liq malumot oling

1. Boy hikmatli so‘z aytsa “donosiz” deyishadi, kambag‘al hikmatli so‘z aytsa “sergap”, “bachkana” deyishadi.

2.Boy indamasa ulug‘ ko‘rinadi, kambag‘al indamasa gung ko‘rinadi.

3.Boy muloyim bo‘lsa “o‘zini bosib olgan ulug‘ inson” deyishadi, kambag‘al muloyim bo‘lsa “qo‘rqoq” deyishadi.

4.Boy shijoat ko‘rsatsa qahramon ko‘rinadi, kambag‘al shijoat ko‘rsatsa qo‘pol va nodon ko‘rinadi.

5.Boy kulsa qo‘shilishib kulishadi, kambag‘al kulsa xunuk ko‘rinadi.

6.Boy ayb ish qilsa “sho‘xlik qilibdi” deyishadi, shu aybni kambag‘al qilsa “jinoyatchi” deyishadi.

7.Boyga moddiy yordam kambag‘alga nasihat.

8.Og‘zi qiyshiq bo‘lsa ham boyning bolasi gapirsin!

9.Boy saxovat ko‘rsatsa “saxiy” deyishadi, kambag‘al saxovat qilsa “isrofgar”, “chiranishini qarang” deyishadi.

10. Boy dabdabali to‘y qilsa andisha qilib kam odam boradi, kambag‘al dabdabali to‘y qilsa hamma boradi va hatto kamiga idishlarni sindirib qaytishadi.

11.Boyning ota-onasi farzandlari boshida yo toji yo xoji, kambag‘alning ota-onasi yo kasal yo o‘sal.

12.Boyning topgani og‘ziga ketadi, kambag‘alning topgani qoziga ketadi.

13. Boy olgani “xadya” deyilsa, kambag‘alning olgani “pora” deyiladi.

14.Boy aksirsa “sog‘ bo‘ling”, kambag‘al yo‘talsa “ko‘k yo‘tal”.

15.Boy qarisa “boy ota”, kambag‘al qarisa “sassiq chol”.

16.Boylar aytganda maqtovga sazovor bo‘lgan so‘zni kambag‘al aytsa uni nafrat va ta’na bilan qarshi oladilar.

17.Boy yangi kiyim kiysa “qutlug‘ bo‘lsin”, kambag‘al yangi kiysa “qaydan olding?” Deyishadi.

18.Boyga so‘ramasa ham qarz berishadi, kambag‘alga so‘rasa ham bir miri yo‘q.

19.Boy o‘lsa janozasi masjidda, kambag‘al o‘lsa go‘rkovning bozorda ishi chiqib qolgan bo‘ladi.

20.Boy kelsa “to‘rga o‘ting!” Kambag‘al kelsa “samovarga qara!”

21.Boy uxlasa “dam olyaptilar”, kambag‘al uxlasa “g‘aflat bosgan xonasalot”.

22.Boy raqsga tushib o‘ynasa qistir-qistir, sargaddonga navbatga tur, kambag‘al o‘ynasa raqsi masxara.

23.Boy ichsa “tabarruk qildilar”, kambag‘al ichsa “ahmoq badmast”.

24.Boyning qizi qiliq qilsa erkatoy, kambag‘alning qizi qiliq qilsa “tarbiyasiz”.

25.Boy qizining yuzidagi xol, kambag‘al qizining yuzida bo‘lsa sepkil.

26.Boyning tirjayishi tabassum, kambag‘alning tabassumi tirjayish.

Sobirjon Mamarasulov tayyorladi

pmt.uz

Psixologiya
Boy va kambag‘al 12+