Markaziy Osiyoning buyuk ayollari

Markaziy Osiyoning buyuk ayollari
markaziy osiyoning buyuk ayollari 65ca654ab3b0a

/ Boshqa mavzular / От

DO`STLARGA ULASHING:

Markaziy Osiyoning buyuk ayollari

1. Nazipa Quljanova

Nazipa Quljanova — pedagog, etnograf, tarjimon, birinchi qozoq jurnalist ayoli. «Maktabgacha ta’lim», «Ona va bola» kitoblari muallifi. Asarlari bugungi kunda ham ahamiyatini yo‘qotmagan.

2. Sofya Hakimova

Sofya Hakimova — 33 yoshida tibbiyot fanlari doktori darajasini olgan ilk tojik ayoli. Tojikiston ilm-faniga hissa qo‘shgan jamoat arbobi. Dushanbedagi tug‘ruqxonada ilk inson genetikasi bo‘yicha labaratoriyasini ochgan.

3. Baljan Bultrikova

Baljan Bultrikova — Qozog‘istonning ilk tashqi ishlar vaziri sanaladi, BMT minbarida qatnashgan ilk qozog‘istonlik ayol diplomatdir.

4. Xadicha Sulaymonova

Xadicha Sulaymonova — huquq fanlari doktori, O‘zbekiston SSR adliya vaziri va o‘zbek tilidagi jinoyat huquqi bo‘yicha ilk darslikning muallifidir.

5. Dilbar Abdurahmonova

Dilbar Abdurahmonova — nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi ayol dirijyor sanaladi. Uning repertuarida 60 dan ziyod opera va balet spektakllari bor.

6. Asal Sartbayeva

Asal Sartbayeva — Markaziy Osiyoning ilk tan olingan olima ayollaridan biri. U vaksinalarni kremniy bilan qoplash usulini o‘ylab topgan. Bu tibbiyot vositalarini muzlatishsiz saqlash imkonini beradi. Bu butun insoniyat uchun muhim ixtiro bo‘lib, hozirda ko‘plab vaksinalar muzlatgichda saqlanmasa, aynib qolishi, hatto zaharli moddaga aylanishi ham mumkin.

7. Sayra Kizbayeva

Sayra Kizbayeva — Qirg‘iziston SSR xalq artisti, operachisi, jamoat arbobi, pedagog, professor. Uning davri qirg‘iz opera san’atida «oltin davr»  sifatida eslanadi.

@Sahifa13

Markaziy Osiyoning buyuk ayollari