USB fleshkani qanaqa qilib tanlasam ekan?
USB fleshkani qanaqa qilib tanlasam ekan?
DO`STLARGA ULASHING:
Siz shu kunlarda USB fleshka sotib olaman deb bozor kezyapsizmi? Agar “yo’q” desangiz ham, keyinchalik fleshka harid qilmoqchi bo’lganingizda bilishingiz kerak bo’lgan bir nechta zaruriy jihatlar mavjud. Fleshka haridida e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan jihatlar: uning sig’imi, ishlash tezligi, jismoniy hajmi va h.k.
Lekin bundan boshqa shunday xususiyatlar ham borki, ularni bilmasdan siz pulingizga arzigulik narsa olgan-olmaganligingizni bilolmaysiz.
Bozorga yugurishdan oldin, o’z ehtiyojlaringizni o’rganib chiqing.
Asosan nimalar saqlamoqchisiz? Rasm, video, mp3 formatdagi fayllar, dokumentlar yoki boshqami?
Fleshkani qancha muddat o’zingiz bilan olib yurmoqchisiz?
Fleshkaga yozishdan ko’ra ko’proq ichidan o’qish uchun ishlatasizmi? Yoki aksinchami?
Sizga o’ta zarur bo’lgan (yoki xohlagan) biron bir xususiyat bormi?
“Cho’ntagingiz” qalay?Yuqoridagi savollarga bergan javobingizga ko’ra, quyidagi omil va xususiyatlarga diqqat qarating.
1) Sig’im: O’zingizga zarur bo’lganidan ko’prog’ini oling
Saqlamoqchi va uzatmoqchi bo’lgan fayllaringizga qarab, ehtiyojingiz ham o’zgarib turadi. Agar mp3, video va rasmlar uchun ishlatishni rejalashtirsangiz, matn fayllari bilan ishlashdan ko’ra ancha ko’proq bo’sh joy kerak bo’ladi. Hech bo’lmasa taxminiy tushunchaga ega bo’lish uchun kompyuteringizdan nusxa olmoqchi bo’lgan faylingiz hajmiga qarang.
O’zingizga kerak bo’ladi deb o’ylagandan yuqoriroq sig’imli USB olishga intiling. Kelajakda sizga ko’prog’i asqotishi mumkin. Shu kunlarda, misol uchun 2 gigabayt sig’imi ancha oddiy hol bo’lib qoldi.
2) Jismoniy hajm: Qancha kichik bo’lsa, shuncha yaxshi
Juda olamshumul yangilik bo’lmasa ham aytib qo’ymoqchimizki, agar fleshkani huddi uy kaliti misol cho’ntakda ko’tarib yurish istagida bo’lsangiz, kichikrog’ini qidiravering. Darvoqe, iloj qilsangiz yig’iladigan dizaynli yoki metal qismini himoya qiluvchi qopqog’i bor variantini sotib oling. Lekin qopqog’i tushib qolmaydigani ayni muddao bo’lardi.
3) USB 3.0/2.0 fleshka: Ikkitasi birda bo’sin
Agar o’ta qimmatbaho bo’lmasa, bir tomondan USB 2.0 fleshkalari bilan hamohang – USB 3.0 yangi avlod fleshkalarini sotib oling. Shunday qilsangiz undan uzoq muddatda foydalanishingiz va hozirda mavjud eng ko’p qurilmalar bilan ishlash imkoniga ega bo’lasiz.
Agar eng so’nggi modeldagi kompyuteringiz bo’lmasa, demak sizda USB 3.0 fleshka porti bo’lmaydi. Lekin ataylab USBni ishlatish uchun 3.0 portli kompyuter olishingiz haqiqattan yiroq. Lekin USB 3.0 fleshkasi sizda bo’lsa, kelajakda yangi kompyuteringiz bilan tezroq ishlashingiz oson kechadi.
4) Brend: Arzoniga uchmang
Ko’pgina USB fleshkalar ancha ishonarli ishlaydi va biron modelni maqtash niyatidan yiroqmiz. Lekin arzon “xashaki versiya”lardan ehtiyot bo’ling. Agar nimadir qolganlaridan juda arzon bo’lsa va boz ustiga bu brendni avval biron marta eshitmagan bo’lsangiz, hushyor bo’lavering! Ularni olishdan avval ozroq surishtirib ko’ring.
5) O’qish tezligi: Qancha tez bo’lsa shuncha yaxshi
Bu shunday tezlikki, flesh xotiraga yozgan fayllaringizga qancha tezlikda o’qilishini anglatadi. Qancha tez bo’lsa, shuncha yaxshi degani. Agar katta hajmdagi audio yoki video fayllarni ko’chirishingizga to’g’ri kelib qolsa, tezlikni qadrlab yuborasiz. Ushbu holatda qadoqdagi so’zlarga jiddiyroq qarang. Ba’zilar fleshkani o’z joriy tezligi o’rniga USB 3.0/2.0 tomonidan amal qilinadigan maksimum tezlikni ko’rsatib yuboradi. “Eng tez” yoki “yuqori ijro” (the fastest, high perfomance – eng.) so’zlari befoyda bo’lib chiqishi mumkin.
USB 2.0 fleshkalar sekundiga 60MB ma’lumotgacha bilan ishlashi mumkin, lekin asosan 30MB/sekund odatiy holdir. Shu tezlik atrofini mo’ljal oling.
6) Yozish tezligi: Qancha tez bo’lsa shuncha yaxshi
Siz fleshkani fayl yoki programmalarni arxivlashtirish uchun ishlatmoqchimisiz? Unda bu tezlikni sizga fayllarni xotiraga yozish tezligi beradi. U harqancha tez bo’lsa, shuncha arxivlashtirishingiz tezroq bo’ladi. Bir xil miqdordagi fayl bilan ishlashda 20 daqiqagacha farq kuzatilishi mumkin. Albatta yozish tezligidagi kabi qadoqdagi so’zlarga hushyor bo’ling.
Asosan hozirda mavjud tezliklardan 5MB/sekundgacha kuzatiladi. Hech bo’lmaganda sekundiga 10 megabaytni ko’zlab yuring.
7) Maxfiylashtirish (encryption – inglizcha): Istasangiz albatta
Ko’tarib yuradigan ma’lumotlaringiz sir saqlanishini yoki yo’qotib qo’yganingizda birov xabardor bo’lishini istamasangiz – bu siz uchun. Bu xususiyat fleshkada maxfiylashtirish yoki encryption deyiladi. Kompyuter yoki programma orqali maxfiylashtirish usullari mavjud. Fleshkadagi foydalanuvchi qo’llanmasi yoki qo’shimcha ma’lumotlarini o’qib chiqish talab etiladi.
8) Boshqa xususiyatlar: Yaxshisi unutganingiz ma’qul
Ba’zi fleshka yasovchilar fleshkaga qo’shib audio, o’yin yoki boshqa dasturlar qo’shib berishadi. Ishlatgan kishilardan asosiylari bu turdagi qo’shimchalarni “bosh og’riq” deb topishadi, ayniqsa yana turli dasturlarni internetdan torta boshlaganda yoki kompyuteringizga o’rnatishni talab etsa undan yomoni yo’q.
Shunday qilib siz o’zingizga kerakli xususiyatlarni ko’rib chiqdingiz. Maslahatimiz, ro’yxatingiz boshida o’qish va yozish tezligi bilan hajm tursin. Bularni o’z ehtiyojingizda o’rganib chiqqaningizda eng kamida 5ta shunday fleshkani topib, keyin bir qaror qiling.
9) Narx: Xayriyat-ey!…
Shunday qilib, tanlovingizga ta’sir etuvchi eng katta omil, NARX. Shuning uchun ham biz uni ohiriga qo’ydik. Tepada tanlagan fleshkalaringizni solishtiring va eng yoqqani cho’ntakka mos kelishini tekshirib ko’ring.
Esda tutingki, eng arzoni doim ham eng yaxshisi bo’lavermaydi. Agar avvaldanoq to’g’risini tanlasangiz ohir oqibat pulingizga eng arziydiganiga uchraysiz.
Eslatma: Ingliz tilida fleshkaning yangi qadoqlarda ushbu nomlari ham uchrab turadi: USB flash, Jump drive, Flash drive, Pen drive yoki Thumb drive
tarjimon: Abdulaziz Qodirov
manba: lostsaloon.com
USB fleshkani qanaqa qilib tanlasam ekan?