15-sentyabr – jangda tanklardan birinchi marta foydalanilgan kun
Bugun 15-sentyabr – jangda tanklardan birinchi marta foydalanilgan kun Tanklar inglizlar tomonidan 1916-yil 15-sentabrda, I jahon urushida nemis qo’shinlariga qarshi keng ko’lamli hujum paytida — Somma jangida ishlatilgan. Tank hujumida Mk.I rusumidagi 49 ta zirhli texnika bo‘lgan, ammo texnik xususiyatlari pastligi sababli jangda bor-yo‘g‘i 18 ta jangovar texnika qatnashgan, qolganlari nosozliklar tufayli safdan shiqqan yoki botib qolgan. Shunga qaramay, jangda qatnashgan tanklar 5 soat ichida 5 kmli mudofaa masofasiga yorib kirishga muvaffaq bo’lishdi. Nemislar mudofaasining birinchi chizig‘i psixologik ta’sir tufayli deyarli yo‘qotishlarsiz egallandi: ilgari bunaqasini ko‘rmagan ko‘plab nemislar vahima ichida qurollarini tashlab, qochib qolishdi. Ertalab tanklardagi yoqilg’i ta’minoti tuga boshladi, ekipajlar hujumni to’xtatib, bazaga qaytishga majbur bo’lishdi.15-sentyabr – jangda tanklardan birinchi marta foydalanilgan kun
DO`STLARGA ULASHING:
Shu bilan hujum aslida tugadi va inglizlarning yo’qotishlari odatdagidan 20 baravar kam edi.
15-sentyabr – jangda tanklardan birinchi marta foydalanilgan kun