Shifokor: Terlash tashvishlanishga sabab bo‘lishi mumkin
Shifokor: Terlash tashvishlanishga sabab bo‘lishi mumkin Ter ajralishi tabiiy, ammo har doim ham yoqimli bo‘lmagan fiziologik jarayon hisoblanadi. Terlash orqali organizm o‘zining haroratini me’yorga keltiradi. Masalan, issiq va trenirovka vaqtida ter ajralishi orqali tana soviydi. Ammo ayrim vaqtlarda terlash salomatlikda muammo borligidan darak berishi mumkin. Tanadan sovuq ter ajralishi tashvishlanishga sabab bo‘la oladi. Terapevt shifokor Lyudmila Lapaning ma’lum qilishicha, muzdek ter ajralishi o‘pkalardagi yallig‘lanish jarayoni yoki surunkali kasalliklarning zo‘rayishidan darak berishi mumkin. Beye’tibor bo‘lmaslik, harorat o‘zgarganida esa shifokorga murojaat qilish kerak. Sovuq terining haddan ko‘p ajralishi viruslarning organizmga hujum qilganining belgisi ham bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda ham yuqorida ta’kidlanganidek, shifokorga borishni kechga qoldirmaslik kerak. «Terlash endokrin tizimi bilan bog‘liq ekani sabab bunga befarq bo‘lmaslik kerak. Taxikardiya (yurakning tez urishi) kuzatilganda ko‘pchilik kardiologga murojaat qiladi, ammo bu ko‘proq endokrinologik muammo hisoblanadi», — deydi Lyudmila. Organizm o‘zida qandaydir muammo borligi haqida turli simptomlar orqali xabar beradi va shu sabab ham istalgan o‘zgarishni inkor qilmaslik, e’tibor berish tavsiya qilinadi. @doridarmonlarShifokor: Terlash tashvishlanishga sabab bo‘lishi mumkin
DO`STLARGA ULASHING:
Shifokor: Terlash tashvishlanishga sabab bo‘lishi mumkin