Avtomobil konditsioneridan foydalanish bezararmi?
❓ Avtomobil konditsioneridan foydalanish bezararmi? ✍️ Shifokor Farrux O‘rmonov: 🚘 Mashina konditsioneridan noto‘g‘ri foydalanish nafas yo‘llarining kasalliklariga olib kelishi mumkin. ✅ Konditsionerning salbiy ta’siridan saqlanishga yordam beradigan tavsiyalar: 🔹 avtoulov konditsionerining sovitish darajasi asta-sekin oshirib borilishi lozim. Haroratning keskin sovishi kasallanish ehtimolini sezilarli darajada oshiradi. 🔹 Konditsioner filtrlarini almashtirib turish kerak, chunki ushbu filtrda xavfli bakteriyalar, mog‘or va chang paydo bo‘lishi mumkin va siz konditsionerni yoqqaningizda mikroblarning barchasi havoga otilib chiqadi va siz undan nafas olasiz. 🔹 Konditsioner havoni quritadi va shunga ko‘ra, quruq havo tananing shilliq qavatini quritadi. Buning oldini olish uchun tashqaridan havo qabul qilish moslamasini yopib qo‘ymasligingiz kerak.Avtomobil konditsioneridan foydalanish bezararmi?
DO`STLARGA ULASHING:
Avtomobil konditsioneridan foydalanish bezararmi?