Bolani qanday qilib to‘g‘ri yo‘rgaklash kerak?

Bolani qanday qilib to‘g‘ri yo‘rgaklash kerak?
bolani qanday qilib togri yorgaklash kerak 65cac60a0c794

photo 2021 09 06 23 04 31

Bolani qanday qilib to‘g‘ri yo‘rgaklash kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Bolani qanday qilib to‘g‘ri yo‘rgaklash kerak?

Bolani yo‘rgaklash o‘tmishda qoldi, hozir yo‘rgaklamasa ham bo‘ladi, deb o‘ylaydiganlar yanglishadi. Chaqaloqni yo‘rgaklash siz uchun ham, bola uchun ham juda muhim. Chunki…

Chaqaloq ishonchli himoyalanadi
Bola ona qornida tor va issiq yerda yotib o‘rgangani sabab, yo‘rgak ichida ham o‘zini qulay his qiladi. Issiq yo‘rgakka o‘rash bolaga ona qornini eslatadi va uni tinchlantirib, uxlashiga yordam beradi.
Shuningdek, bola tug‘ilganidan bir hafta o‘tib, tez-tez uyg‘onib ketadi. Tashqaridagi har qanday tovush yoki harakat oqibatida tez cho‘chiydi va buning ta’sirida uyg‘onib ketadi. Agar bola yo‘rgaklansa, bu holat ro‘y bermaydi.

Yo‘rgaklash tartibi
👇
1-qadam
Eni va bo‘yi 1 metrli yo‘rgak olinadi. U romb shaklida tekis yoziladi. Rombning uchi suratda ko‘ringani kabi qayriladi. Chaqaloq chalqancha yotqiziladi, boshi burmadan tepada turishi kerak.

2-qadam
Yo‘rgakning chap burchagi chaqaloqning o‘ng tomoniga o‘tkazilib, o‘raladi.

3-qadam
Keyin yo‘rgakning pastki qismi yuqoriga ko‘tarilib, bolaning oyoqlari o‘raladi.

4-qadam

So‘ng yo‘rgakning qolgan uchi chap tomonga o‘tkazilib, bolaning usti yana bir bor gir aylantiriladi. Yo‘rgaklayman deb, bolani juda siqib o‘rab qo‘ymang. Bola va yo‘rgak orasida 2-3 barmoq sig‘adigan joy qolishi kerak.

❗️Yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar
🙅🏻‍♀• Yo‘rgakni qattiq siqib o‘rab bo‘lmaydi. Yo‘rgak ichida bola oyoqlarini buka olishi, harakatlantirishi lozim.
🙅🏻‍♀• Yo‘rgak uchun havo o‘tkazmaydigan matolarni tanlamang. Paxta gazlamasidan tayyorlangan yo‘rgak ayni muddao.
🙅🏻‍♀• Yo‘rgaklash vaqtida bolaning yuzini berkitib qo‘ymaslik kerak. U uyqu vaqtida bemalol nafas olishi zarur.
🙅🏻‍♀• Bolani yon tomoni yoki qorni bilan yotqizgancha yo‘rgaklash ham tavsiya etilmaydi. Bu holatda bolaning nafasi qisilib qolishi mumkin. Shu sabab yo‘rgaklashni bolani chalqancha yotqizgancha amalga oshiring.
© BABY MASSAGE

Bolani qanday qilib to‘g‘ri yo‘rgaklash kerak?