Kitob haqida buyuklar nima deydi?
Kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va oʻzining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir. Frensis Bekon Shunday odamlarni axtaringki, ular bilan suhbat qilmoq yaxshi kitob oʻqimoqqa barobar boʻlsin. Shunday kitoblarni axtaringki, mutolaasi faylasuflar suhbatiga teng boʻlsin. A. H. Baxmanyor Yaxshi kitoblarni bugun oʻqing, yomon kitoblarni oʻqishga ertaga albatta vaqt topiladi. Isaak Barrou Nodonlar-la oʻtirib-turmoqdan kitob bilan yolgʻiz qolmoq yaxshiroqdir. Qosimbek Zokir Kitob qanchadir yillardan keyin sizga manzur kela boshlasa, bu uning yaxshi kitob ekanidan dalolatdir. Georg Lixtenberg Kitob yigʻish yaxshi ishdir, ularni oʻqimoq esa foydali. Frenchesko Petrarka Kitob oʻqimagan odamning murdadan farqi yoʻq. Tomas Jefferson Kitoblar sizni minglab asr avval dunyodan oʻtgan dohiylar bilan uchrashtiradi. Rene Dekart Inson — qancha oʻqisang ham bitmaydigan kitobdir. Hoji Baktosh Vali Kitob hayotning eng olis va qorongʻu yoʻllariga nur baxsh etgan afsonaviy chiroqdir. Andrey Upit Kitoblar ovozsiz muallimlardir. Peter Gille Bir insonning qiymati oʻqigan kitoblari bilan oʻlchanadi. Herbert Spenser Kitoblarning dushmanlari ham insonlarnikiga oʻxshashdir: olov, suv, vaqt va ichidagilar. Pol Valeri Kitoblar yoqib yuborilgan joyda odamlar ham yondirilajak. Haynrix Hayne Kitoblarni ikki guruhga ajratish mumkin: kun kitobi va barcha kunlarning kitobi. Jon Ruskin Kitoblarim men uchun butun umrga yetajak ulkan qirollikdir. Shekspir Men kitoblarni emas, kitoblar meni yaratdi. Mishel de Monten Aqlli qoʻshning yoʻq boʻlsa, kitob bilan suhbat qur. Ozarboyjon xalq maqoli Kitob ruhiyat davolovchisidir. Yapon xalq maqoli Kitob odamlarning yoʻlini yoritib turuvchi mayoqdir. Xitoy xalq maqoli Har davrning oʻz kitobi bor. Arab xalq maqoli Hayoti davomida birgina kitob oʻqigan odamlardan qoʻrqing. Lotin xalq maqoli Yaxshi kitob yashash manbaidir. Olmon xalq maqoli Tarjimon va toʻplovchi: Rahmat BobojonKitob haqida buyuklar nima deydi?
DO`STLARGA ULASHING:
Kitob haqida buyuklar nima deydi?