Shaxsning sudlanganlik holati qachon tugatiladi ?
🔴 Shaxsning sudlanganlik holati qachon tugatiladi ? ❗️Quyidagi muddatlarda shaxsning sudlanganlik holati tugatiladi; ✅ shartli hukm qilinganlarga nisbatan — sinov muddati tugagan kundan boshlab; ✅ majburiy jamoat ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tarzidagi jazolarini o‘tab chiqqach; ✅ jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o‘talganidan keyin 1 yil o‘tgach; ✅ ozodlikni cheklash jazosi o‘talganidan keyin — 2 yil o‘tgach; ✅ besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — 4 yil o‘tgach; ✅ besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — 7 yil o‘tgach; ✅ o‘n yildan ortiq, lekin o‘n besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — 10 yil o‘tgach. ❗️Sudlanganlik holati olib tashlangan yoki tugatilgan shaxs sudlanmagan xisoblanadi.Shaxsning sudlanganlik holati qachon tugatiladi ?
DO`STLARGA ULASHING:
Shaxsning sudlanganlik holati qachon tugatiladi ?