Qor haqida sara sherlar to‘plami
Qor yog’ayotgan oqshom, O’ylasang, olislarda qolgan kimnidir, Qor esa tinmasa, Kimgadir yo’l bersang, kimgadir salom,
Qor yog’ar elak-elak, Derazaning raxidan qorni Tashqarida yoqqanida qor, Qanday yaxshi, ma’yus, baxtiyor Qanday yaxshi kuzatmoq to’yib, Biroq, nega chidamas yurak, Hamma tomon oppoq qor, Borliqni xo‘p allalab, O‘ynashadi qorbo‘ron, Qor tagidan mo‘ralar Qor parchalar, parchalar, Uyga kirdi oq odam, Yoqalarin tuzatdim, Qor, qor, qorlar, Qor havosi ufurar, Qor kiyingan archalar, Muz qotgan ariqchalar, Qor ustida qarg’alar, Fe’li sovuq izg’irin, Har tomonda qor, qor, qor… Yer to’ysin deb bir yo’la, Yurganimda iz qolsa, Momojonim oynadan Oqshomda boshlanar, qorning o’yini. Qor tinar va sovuq pichoqlarini, Kimdir shoshib borar, pastqam ko’chada, Qor yoqqan kun Qandayin so‘z topay tasvirlash uchun, Oy bilan sayr etib yurgan chog‘imda, Sirg‘adek osilgan alvon do‘lana, Bul chog’i, bo’stonga ishtiyoq baland, Bu fursat chamansiz ko’ngillar yarim, Ko‘ngil ma’yus tortdi yilning so‘ngida, Bahorim yetgudek qo‘lim uzatsam, So‘rsang, sevinchimdan o‘kinchim ko‘proq, Yangi yil, Osmon qorni eladi, Qoraygan bog‘larga qalin qor tushdi, Dilga – ahli tarab ko‘ngillaridan Bulbullar tindilar – oshiqlikmi shu? Bori ishq zahrini bizga ber, falak, Nigohimiz naqqosh yo‘lga termulib, Laylidan so‘ylamang, afsonami ishq? Yaldo tunlarida so‘yladik doston, Oh urdik, ummonlar uchdi falakka – Yana osmoningdan yerga qularsan, Ne-ne yuraklarda muz qotdi ohim, Istarang issiqdir, sochilgan zavqing Harorat axtarib kezarsan, biroq, Qish kechasi, guvillar shamol, Jeyron : Qishning momiq choponi, Oppoq tiniq — oppoq qor, manba: uzbaza.uzQor haqida sara sherlar to‘plami
DO`STLARGA ULASHING:
Qor yog‘ayotgan oqshom
Shaharni kezsang,
G’ira-shira ko’chalarni kezsang,
qo’llaringni cho’ntakka tiqib,
Qor esa erisa lablaringda jim.
Shu qorni o’ylasang, qalbing entiksa.
Ayniqsa, o’zing sevgan qizni o’ylasang,
Ayniqsa, o’ylasang onangni…
Tinmasa qadaming.
O’zing ham bir qor uchquniday,
Singib ketsang tunning bag’riga.
Ammo o’zing bilmasang buni.
Qor esa bo’ralab yog’aversa jim,
Adashsang-da, sezmasang adashganingni.Laylak qor
Yog’ar bo’lib charxpalak.
Qo’ngan zamon kaftimga,
Erib ketar taftimga.
Quvnoq qor,
Oppoq qor.
Qorni yig’ib olaylik,
Bir shaklga solaylik.
Bolalar, keling, qani,
Qorbobo yasa, G’ani.
Qara, burning uchini,
Bilgin sovuq kuchini.
Shalpang quloqlar tikka —
Qarab qolibdi ko’kka.
Qor yog’ar hamon-hamon,
Kulamiz xandon-xandon.
Qizib ketdi o’yin ham,
Shodlikni ko’rar baham.
Quvnoq qor,
Oppoq qor.Derazaning raxidan qorni
kuzatadi tuvakdagi gul.
Tashqarida yoqqanida qor,
uyda kitob o’qigan ma’qul.
bu o’y surib ingramak demak
va chiroqni o’chirib qo’yib,
oppoq shamni yondirmoq kerak.
qiz tashrifin o’tirsang poylab,
tashqarida yoqqanida qor,
ko’chadagi chiroqda porlab.
tashqarida yoqqan oq qorni,
hech bo’lmasa oldingga qo’yib
o’tkir sharob, bir burda nonni.
kiyinaman asta, bemador –
qiyin ekan uyda yashamak
tashqarida yoqqanida qor.Yangi yil sovg‘asi
Yer oq ko‘rpa ostida –
Mizg‘ib yotar intiq, zor,
Bahoroyning vasliga.
Ko‘kdan o‘ynab qor tushar.
Qiyqirishib bolalar –
Bunda chana tortishar.
Zavqi baland, shashti zo‘r.
Atrof bеg‘ubor biram,
Nashidasi, gashti zo‘r.
Daraxtlarning novdasi.
Har bir bola ko‘nglida
Qorboboning sovg‘asi!Qor parchalar
Oq kiyadi archalar.
Qir, adirlar, qo‘ralar,
Oq kiyimga o‘ralar.
Qarasam, mening dadam.
Dadamning ustin qoqdim,
Dadamga kulib boqdim.
Issiq to‘nni uzatdim.Qor, qor, qorlar
Atrof porlar.
Yilt-yilt nurdek,
Oppoq undek.
Shakar undek,
Shakar, desam.
Agar yesam,
Og’rir tishim.
Qor, qor, qorlar,
Atrof porlar.
Yilt-yilt nurdek.Qor havosi
Shamollar yer supurar.
Uchar so’nggi xazonlar,
Tussiz bog’-u biyobon,
Bo’m-bo’sh ko’cha, xiyobon.
Osmon xira va rangsiz,
Bosib kelar qish jangsiz.Qish tasbehlari
Oq qalpoqqa o’xshaydi.
Yaltiroq shox-shabbalar,
Jez taroqqa o’xshaydi.
Zar belbog’ga o’xshaydi.
Sumalaklar — qandillar,
Muz chiroqqa o’xshaydi.
Qora dog’ga o’xshaydi.
Yo oq qog’ozga tomgan,
Rang — siyohga o’xshaydi.
Ko’p chatoqqa o’xshaydi.
Quvib solar hammani,
Urto’qmoqqa o’xshaydi.Har tomonda qor
El bilan tushar, chiqar.
Bulutlar elab elak,
Separ oppoq kapalak,
To‘da-to‘da ucharlar,
Aylanishib qocharlar,
Yellarga yo‘l ocharlar.
Mana, har tomon oppoq,
Maydon, ko֥‘cha, tom, chorvoq.
Yerlar to‘ngan, ko‘k to‘ngan,
Havo charchab bo‘g‘ilgan.
Ko‘kragiga tushgan qor
O‘ziga joy axtarar,
Jimjit uylarni o‘rar…Qor baralab yog’yapti
Qor baralab yog’yapti.
Go’yo osmon un elar,
Havosi ham yoqyapti.
Qor uni tez yopyapti,
Kuchigim ham oqarib,
Atrofimda chopyapti.
Juda xursand boqyapti.
Xayolimga yoz kelib,
Suv sharqilab oqyapti!Qor o‘yini
Havo ham top-toza, yurakda viqor.
Qop-qorayib yotgan bog’lar qo’ynini,
Oppoq sukunatga, ko’mib tashlar qor.
Oyga tutar, atrof ketar yarqirab.
Yig’ishtirib olar oyoqlarini,
Yalang’och, xo’mraygan bujur daraxtlar.
Kimdir eringancha mudrab bosh qashir.
Kimdir derazadan termilar o’ychan,
Kimdir qor ustiga yoza boshlar sher.
Maysalar rangini qor yoqqan kuni,
Qordan chiqib turgan maysalar uchin,
Yulduzlar sovuqdan muzlagan tunni.
Yo‘lakdagi muzning qisir-qisirin,
Ko‘rpaga o‘rangan tungi bog‘imda,
Qari daraxtlarning mahzun shivirin.
Yulduzdek yonadi yo‘lak chetida,
Qorning uchqunlari go‘yo parvona,
Qo‘naru eriydi bo‘sh hovuchimda.Bemahal qor yoqqan kun
Nechundir bemahal yog’a ketdi qor.
Diktorning bir og’iz e’loni bilan
Chindan ham qaygadir berkindi bahor.
Bulbulni quvlamang dostonimizdan.
Sizdan nima ketdi, diktor do’stlarim,
Qorni kurab qo’ying bo’stonimizdan.Yangi yil kechasi
Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor.
Bugun kuppa-kunduz ko‘zim o‘ngida,
Yana bir yoshimni o‘g‘irlading, qor.
Qirqinchi qasrimga o‘taymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?..
Yetolmay dilimni ne deb yupatsam.
Laylakqor, azizim, g‘alat bayram bu —
Kulib kuzatsammi, yig‘lab kuzatsam…
Dardim jim ichimga yutaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
Ko‘zda tabassum-u kiprikda titroq.
Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
Kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo‘ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo‘qlab kelganingni o‘zi bir bayram.
Qulog‘ingga bir gap aytaymi, endi,
Kechagi yoshligim ertakmi, endi…Osmon qorni eladi
Yerni oqqa beladi,
Xuddi yumshoq parto‘shak,
Dumalaging keladi.
Qor yog‘ar-ey, qor yog‘ar,
To‘lib dala-qir yog‘ar,
Boshimizdan sochqiday,
Oq marvarid, dur yog‘ar.
Xo‘p yaxmalak otamiz,
Goho qorga botamiz,
Qizib jo‘shar jon tanda,
Kim deydi sovqotamiz?
Qish yaxshi-yo, qish yaxshi,
Oppoq qor— kumush yaxshi.
Bir-birovga qor otib,
Qiyqirib quvish yaxshi.
Qorto‘plarni otamiz,
Rosa kulib qotamiz.
Pisand qilmay ayozni,
Qish zavqini totamiz.
Qor yog‘ar-ey, zo‘r yog‘ar,
Xo‘p quvnatib dillarni,
Zavqimizga jo‘r yog‘ar.Qalin qor tushdi
Yodimiz yodiga tag‘in yor tushdi.
Quvg‘in aylamishlar – jam’i zor tushdi.
Orom yo‘q – ishqimiz betakror tushdi.
Ko‘nglimiz ko‘tara xaridor tushdi.
Darchangizga boqing – navbahor tushdi.
Devona baxshimiz – bizga or tushdi.
G‘uluvmas, holimiz rostu bor tushdi:
Yo‘q esa, bog‘larga qaydin qor tushdi?Qorga qasida
Yana ma’sumlikdan chekarsan ozor.
Uzun kechalarni tongga ularsan,
Yerning yuzin yorug‘ aylagaysan, qor.
Sendek qaro yerni qucholmasman shod.
Ey qor, osmonlarga yetgan faryodim,
Ey qor, to‘kilarsan sokin, befaryod.
Yorug‘ kunlarimdan keltirar darak.
Boshimdan yog‘dirar, to‘zg‘itib rahmin,
Issiq-sovug‘imdan xabardor falak…
Jahoniy borlig‘ing – bir tomchi ko‘z yosh.
Seni deb qon yutar namdiyda ofoq,
Seni deb zaminga qaytadi quyosh…Qor haqida
Dalada qor, qush inida qor.
Ingrar og‘riq kabi qari tol,
Oynalarni bezar qish- gulkor!
Boshida-chi oq qalpoq,
Bizni zavqqa toldirar,
Ko‘chalar rosa oppoq.Oppoq qor
O‘ynab tushar osmondan,
Qor qo‘ynida o‘ynoqlab,
Yurar yoshlar shod-xandon.
Qor haqida sara sherlar to‘plami