Homiladorlikning ilk belgilari va alomatlari

Homiladorlikning ilk belgilari va alomatlari
homiladorlikning ilk belgilari va alomatlari 65cab6b9337fa

photo 2021 12 19 21 13 48

Homiladorlikning ilk belgilari va alomatlari

DO`STLARGA ULASHING:

Homiladorlikning ilk belgilari va alomatlari

Vrach konspekti. …

Homiladorlikning dastlabki alomatlari turlicha bo’ladi. Homiladorlikni orzu qilib yashayotgan ayol bu alomatlarni bilib o’zida tezroq his etishni istaydi. Axir homiladorlik bu juda ajoyib, ilohiy bir davrdir.

Homiladorlik bir ayolda barcha alomatlar bilan kechsa, boshqa ayol 9 oyni umuman hech narsa sezmay o’tkazishi mumkin.

Quyida keltirilgan alomatlar homiladorlikning dastlabki alomatlaridir, lekin ba’zi hollarda boshqa holat yoki kasallik mavjudligidan dalolat berishi ham mumkin.

Juda oz miqdordagi qon ajralmalar

Ayol tuxumdoni urug’langandan so’ng bachadonga joylashishni boshlaydi. Bu jarayon implantasiya deb ataladi. Aynan shu davrda (odatda 1-2 kun) qindan oz miqdorda qon ajralmalari kuzatilishi mumkin. Ular hayz davomidagi ajralmalardan rangi, davomiyligi va miqdori bilan tubdan farq qiladi. Rangi ochroq, davomiyligi qisqaroq va miqdori juda oz bo’ladi.

Ko’krak shaklini o’zgarishi yoki kattalashishi

Homiladorlik yuzaga kelganda ayol organizmida katta gormonal o’zgarishlar yuzaga keladi. Bu o’zgarishlar ko’krak bezlarini ham ish faoliyatini o’zgartirib yuboradi. Shunda ko’krakning kattalashgani yoki uning shakli o’zgarganini kuzatishimiz mumkin. Lekin ko’krakning kattalashishi homiladorlikka qarshi ichiladigan gormonal dori vositalari tufayli ham vujudga kelishi mumkinligini inobatga olishimiz darkor.

Charchov

Besabab charchov, tez holdan toyish ham homiladorlikning ilk alolatlaridandir. Ba’zilar yig’loqi bo’lib qo’lishi ham ko’p uchraydigan holat.

 

Homiladorlik yuzaga kelgani haqida bilishning eng oson va ishonuvchan yo’li — bu homiladorlik testini o’tkazish yoki ginekolog huzurida bo’lishdir. Buning uchun ayolda hayz ko’rish kuni kechikayotgan bo’lishi lozim.

Ertalabki toksikoz

Bunda ertalabdan ayolning ko’ngli aynashi boshlanadi. Ba’zi ovqatlar yoqimsiz tuyuladi yoki aksincha, ishtaha ochilib ketadi.

Hayz kelmasligi

Bu homiladorlik alomatlaridan eng ishonarlisi bo’lib, bunda hayz o’z vaqtida boshlanmay 9 oy muddatga umuman yo’q bo’lib qoladi.

Qin ajralmalari

Ba’zi ayollarda homiladorlikning ilk davrida qindan oq rangli hidsiz ajralmalar miqdori ko’payishi kuzatiladi.

Uyqusizlik

Bu alomatning boshqa sababi juda ko’p bo’lishiga qaramay, ular orasida homiladorlik ham bor.

Kayfiyatning tez-tez o’zgarib turishi

Agar ayolning kayfiyati o’z-o’zidan o’zgaruvchan bo’lib qolsa, homiladorlik yuzaga kelgan bo’lishi mumkin.

Tez-tez siydik qistashi

Bu alomatning asosiy sababi sistit bo’lishi mumkin. Lekin homiladorlikning ilk 6-8 haftalarida ham ayolni tez-tez siydik qistashi qiynab turadi.

Bosh aylanish va hushdan ketish

Qadimdan ayolning boshi aylansa, homilador emasmikanligiga shubha qilinar edi.

Boshqa alomatlar

Bunga bel og’rishi, qorin past qismini sim-sim og’rishi, ich qotish, qorinda gaz yig’ilishi va bosh og’rishini kiritish mumkin.

Agar sizda homiladorlikning dastlabki alomatlari sezilib, lekin homiladorlik testi manfiy natija ko’rsatayotgan bo’lsa, siz biroz shoshilgan bo’lishingiz mumkin. Bir necha kundan so’ng testni qayta qilib ko’ring. Ikki-uch haftadan so’ng ham test manfiy chiqsa hayz kelmayotganligi sababini shifokorga uchrab aniqlash maqsadga muvofiq bo’ladi.

@andrology_uz 🚑

Homiladorlikning ilk belgilari va alomatlari