Er-xotin uchun maslahat:
Er-xotin uchun maslahat: 1. Hech qachon bir-biringizni aldamang. Oila buzilishiga olib kelishi mumkin. 2. Kuchli er bo‘ling va kuchli erga nozik ayol bo‘ling. 3. Bo‘sh vaqtingizni ko‘proq ijtimoiy tarmoq va internetdan ko‘ra bir-biringizga sarflang. Bunda albatta sifat kerak miqdor emas. 4. Arzimagan narsaga urushavermang. Bu oilada doimo murosasizlikka sabab bo‘ladi. 5. Oilada er boshliq, ayol esa vazir bo‘lishini o‘zaro ta’minlang. Aks holda, baxtiyor oila barpo bo‘lmaydi. 6. Farzandlar oldida bir-biringizni haqorat qilmang. Ular oldida o‘zaro yaxshi muomalada bo‘ling. 7. Farzand tarbiyasiga alohida e’tibor bering, ota onasini maqtasin, ona esa otasini maqtasin. Shundagina farzandingiz sizlarni hurmat qiladi. 8. Ayolingiz haqida yaqinlaringizga ko‘p ham gapirmang. Zero ayol siru-asror bo‘lishi muvofiqroq. 9. Ayolingizni pul topib kelishiga majburlamang. Alloh oilani moddiy ta’minotini sizga vazifa qilgan. 10. Eringiz topib kelganiga qanoat qiling, kam sanamang. Baxt-saodat barcha narsa ega bo‘lishlik emas, balki bor narsaga qanoat qilishlikdadir. @andrology_uz 🚑Er-xotin uchun maslahat:
DO`STLARGA ULASHING:
www.andrology.uz 🌎
Er-xotin uchun maslahat: