Chaqaloqqa sut yetishmasligini qanday qilib bilish mumkin to’liq malumot oling
Chaqaloqqa sut yetishmasligini qanday qilib bilish mumkin🤱
Ona suti yetishmasligining asosiy belgilari:
-Bolaning bir oyda vazni yetarlicha oshmasligi;
-Ona sutining sutkalik miqdori kamayishi;
-Bolaning tashvishlanishi;
-«Quruq yo’rgak» alomati — sutkalik siydik hajmining kamayishi. Bir necha oylikli chaqaloq kuniga kamida olti marta siydik chiqarishi, bunda siydik rangsiz yoki och-sarg’ish bo’lishi kerak)
Ona sutini ko’paytirishning usullari 🍼
-Chaqaloqni tez-tez, uning talabiga ko’ra emizish;
-Rezina so’rg’ichlardan (soska) imkon qadar kamroq foydalanish: butilkachalardan suyuqlikni so’rib olish osonligi sababli, bola osoniga o’rganib qolishi va ko’krakni yaxshi emmasligi ehtimoli mavjud;
-Bola bilan yaqinroq bo’lish sutning ko’payishiga olib keladi, bola bilan ko’proq vaqt o’tkazishga harakat qiling;
-Bola emishni o’zi to’xtatmaguncha uni ko’krakdan olmaslik;
-3-4 soatlik intervallar bilan bolani turli ko’krak bilan emizish;
-Onaning to’yib uxlashi ham sut ishlab chiqarilishiga ijobiy ta’sir qiladi.
Manba©
@Yosh_onalarga_maslahatlar
Boshqa mavzular
Chaqaloqqa sut yetishmasligini qanday qilib bilish mumkin