ARIZAGA QANCHA VAQTDA JAVOB BЕRILISHI KЕRAK. to’liq malumot oling

ARIZAGA QANCHA VAQTDA JAVOB BЕRILISHI KЕRAK. to’liq malumot oling

ARIZAGA QANCHA VAQTDA JAVOB BЕRILISHI KЕRAK.

⚡️SAVOL;

Bir tashkilotga murojaat qilgan edim ikki oydan beri javob kelgani yo‘q qonunchilikka ko‘ra shunday bo‘lishi mumkinmi ?

⚡️JAVOB;

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 28-moddasiga ko‘ra, ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo‘lgan davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish yoki tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi belgilangan.

🟢 Shunga ko‘ra, Sizni qilgan murojaatingizga o‘sha tashkilot tomonidan ikki oy davomida javob berilmasligi noqonuniy xisoblanadi. Siz bu bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga shikoyat qilsangiz bo‘ladi.

✏️ Ammo Siz ariza bergan tashkilotni xam «tushunish kerak». Arizangizni olishga olvolib uxlab qolgan bo‘lsa kerakda…

Yuridik
ARIZAGA QANCHA VAQTDA JAVOB BЕRILISHI KЕRAK.