Qizimning oyoq bo‘g‘imlarida og‘riq bor. Nima qilish mumkin? to’liq malumot oling

Qizimning oyoq bo‘g‘imlarida og‘riq bor. Nima qilish mumkin? to’liq malumot oling

Qizimning oyoq bo‘g‘imlarida og‘riq bor. Nima qilish mumkin?

🔘 Ozodbek

✍️ Shifokor Hilola Jumayeva:

✅ Bo‘g‘im og‘rishi nafaqat bo‘g‘im kasalliklarida, balki bo‘g‘im atrofi a’zolari kasalliklarida ham kuzatilishi mumkin. Shunga ko‘ra og‘riq ham harakatlanishga bog‘liq bo‘lmasligi mumkin.

☑️ Bo‘g‘im og‘rig‘i organizmdagi yallig‘lanish jarayonlari, autoimmun jarayonlar va virusli kasalliklar sabab yuzaga keladi. Bunda og‘riq artrit, revmatoid artrit, tizimli qizil yugurik, fibromialgiya, revmatik isitma, osteoartrit, bursit kasalliklarida kuzatiladi. Bundan tashqari organizmda kalsiy va fosfor yetishmovchiligi va qalqonsimon oldi bezlari kasalliklarida ham suyak va bo‘g‘imlarda o‘zgarishlar kuzatiladi.

🔸Bo‘g‘im og‘riqlari kuzatilganda shifokorga murojaat qilish va kasallik turini aniqlash lozim. Davolash usuli esa kasallik turiga ko‘ra belgilanadi. Yuqoridagi kasalliklarni davolovchi shifokorlar turlicha bo‘lganligi sababli oilaviy shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

👨‍⚕️«Sog‘lom hayot» kanaliga a’zo bo‘ling (https://t.me/joinchat/AAAAAEcESw67TUhMDe7X0Q)

Kasalliklar
Qizimning oyoq bo‘g‘imlarida og‘riq bor. Nima qilish mumkin?