Archa haqida she’rlar to‘plami to’liq malumot oling

Archa haqida she’rlar to‘plami to’liq malumot oling

Archa haqida — Dilshod Rajab

Archa ko’klamni quchib —

Mahkam olgandir ushlab.

Ko’klam ketolmas chiqib

Undan yoz-u kuz, qishlar.

Ko’klam archaga bandi,

Qila olar nima ham?

Axir u o’ralgandir

Sonsiz ninalar bilan!

Yangi yil archasiga- Erkin Vohidov

Buncha ham chiroylisan,

Yam-yashilsan har qachon!

Yangi yilning ko‘rkisan,

Sevimlisan, archajon.

Qish boboning uyida

Aziz mehmon — ko‘klamsan.

Bugun uning to‘yida

Ayniqsa soz — ko‘rkamsan.

Ko‘ylagingga juda ko‘p

Zar tugmalar taqilgan.

Shoxlaringda qizil, ko‘k…

Lampochkalar yoqilgan.

Bo‘yim yetmas shoxingga,

Lekin, ey archajonim!

Tabelimda bor senga

Atab tizgan marjonim!

Senga deb tizgan marjon

A’lo baholarimdir.

Kel, taqib qo‘yay, archam,

Shoxlaringni egib tur.

Mustaqillik archasi — Zahro Hasanova

Yurtimning xushsuratiga

Ko’rk bergan baland archa,

Har yilgidan chiroyliroq

Bezangansan ayt, buncha?

Bo’yi-basting xo’p kelishgan,

Yarashibsan maydonga.

Katta-kichik tartib ushlashib,

Oshiqar sen tomonga.

Kamalakrang chiroqlardan

Munchoq taqib oldingmi?

Senga intilganlarni

Ko’p hayratga soldingmi?

Qo’sh laylaklar qanot qoqib

Bayram bilan olqishlar.

Seni ko’rmoq uchun ketmayman,

Qishlab qolganmi qushlar?

O’yin-kulgu avjga mingan,

Chehralarda tabassum.

Ot o’yinu arg’imchoqlar

Bolalar bilan gavjum.

Mo’jizalar o’lkasida

Sehrli go’sha misol,

Qalblarga quvonch ulashib,

Mayli, ertak bo’lib qol.

Yangi yil archasiga

Bo`ylari shiftga yetgan,

Igna bargli, ko’k archa

Zar-u marjonlar taqib,

Yasanishing o’zgacha.

Yangi yil bayramida

Qorboboni kutamiz

Qop orqalab kelsa gar,

Zavqqa to’lib ketamiz.

Kichkintoylar kuylashib,

Atrofingda aylanar.

Egningdagi chiroqlar,

Kech kirganda tovlanar.

Ko’rkam archa, ko’k archa,

Bayramda bosh qahramon.

Baland toglar oshib kel,

Uyimizga bo’l mehmon.

Prezident archasi

Davraga bizni to’plab,

Birlashtirar har yili.

Barchani o’rtoq qilib,

Sirlashtirar har yili.

Salom, salom yangi yil,

Yangi zamon belgisi.

Yangizafar, yangi shod

Yangi hayot belgisi.

Prezident archasi,

Istiqlol tumorchasi.

Quvonchlarim bir jahon,

Yuragimiz parchasi.

Jon archa

Archa, archa, jon archa,

Yaproqlaring ninacha.

Atrofingda aylanib,

Qo’shiq aytadi barcha.

Sherlar
Archa haqida she’rlar to‘plami