Dunyodagi eng katta g’or to’liq malumot oling
Dunyodagi eng katta g’or
Tabiat o‘z bag‘riga sanoqsiz sir va jumboqlarni yashirganki, sayyoramizda inson oyog‘i yetmagan burchaklari hali mavjud, bu maskanlarni hali hech kim ko‘rmagan o‘zga olam yashiringan.1991 yili vetnamlik fermer Xo tasodifan shunday olamga duch keldi. Bog’ bo‘ylab yurgan fermer qayerdandir kelayotgan shamol va suv shovqinini eshitib qoldi. Ovoz kelayotgan joyga yetib borgach changalzorlar ichida tuynukni ko‘rdi, biroq tik jarlik va qorong‘ulik bois ichkariga kirmaydi.
Shu tarzda minglab yillar davomida inson ko‘zi tushmagan dunyodagi eng ulkan g‘or kashf etildi. G‘or haqida butun dunyoga 2009 yili ekspeditsiya uyushtirgan Britaniya tadqiqotchilari ma’lum qilishgan. G‘orning ba’zi joylarida shift qismi o‘pirilib tushib, hosil bo‘lgan tuynuklar orqali g‘orga quyosh nuri tushib turadi. Nur bois bu yerda haqiqiy changalzorlar paydo bo‘lgan va bu yerda maymunlar, qushlar va hasharotlar hayot kechiradi. G’orda daryolar, o’rmon va o’ziga xos iqlim bor.
Boshqa mavzular
Dunyodagi eng katta g’or