Tilingizni kuydirib olsangiz, uy sharoitida nima qilsa bo‘ladi? to’liq malumot oling
Tilingizni kuydirib olsangiz, uy sharoitida nima qilsa bo‘ladi?
Birinchi darajali termik kuyishda:
✓ Bir necha daqiqa sovuq suv iching yoki og‘zingizni chaying.
✓ Muz bo‘laklarini so‘ring yoki muzqaymoq yeng.
✓ Bir stakan suvda ⅛ choy qoshiq tuzni eriting va hosil bo‘lgan suyuqlik bilan og‘zingizni chaying.
✓ Og‘riqni yo‘qotish uchun og‘zingizga bir necha dona shakar seping yoki asal yalang.
Ikkinchi yoki uchinchi darajali termik kuyishda shoshilinch ravishda shifokorga murojaat qilishingiz kerak, o‘z boshimchalik bilan davolanish xavflidir. Kuyish kichik bo‘lsa ham, shilliq qavat tiklanmaguncha iliq yoki issiq ichimliklar ichmaslik kerak.
@taomlanish_ilmi
Boshqa mavzular
Tilingizni kuydirib olsangiz, uy sharoitida nima qilsa bo‘ladi?