O‘zbekistonda ayrim toifadagi o‘qituvchi va shifokorlarning maoshi oshiriladi to’liq malumot oling
O‘zbekistonda ayrim toifadagi o‘qituvchi va shifokorlarning maoshi oshiriladi
O‘zbekistonda 2022 yilda ayrim toifadagi o‘qituvchi va shifokorlarning maoshi kamida 15 foizga oshiriladi. Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan «Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Pprezident farmonida ma’lumot berildi.
2022 yilda iqtidorli o‘qituvchi va shifokorlarning ish haqlarini malaka toifasiga qarab tabaqalashtirilgan holda quyidagi miqdorlarda qo‘shimcha oshirish rejalashtirilgan:
oliy toifali o‘qituvchilar uchun – kamida 15 foizga;
birinchi toifali o‘qituvchilar hamda oliy va birinchi toifadagi shifokorlar uchun – kamida 10 foizga;
ikkinchi toifali o‘qituvchi va shifokorlar uchun – kamida 5 foizga.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan 2021 yilning 1 sentyabridan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshirilgandi.
Yuridik
O‘zbekistonda ayrim toifadagi o‘qituvchi va shifokorlarning maoshi oshiriladi