Injiq bolani ovqatlantirishning besh usuli to’liq malumot oling

Injiq bolani ovqatlantirishning besh usuli to’liq malumot oling

Injiq bolani ovqatlantirishning besh usuli

1⃣Bolani ovqat tayyorlash jarayoniga jalb qiling. Balki bola o‘zi tayyorlagan salat yoki bo‘tqadan totib ko‘rishni xohlar.

2⃣Eng avvalo – bolani yeyishga majburlash kerak emas. Ko‘ndirishlar ham, qo‘rqitishlar ham, ayniqsa jazolash foyda keltirmaydi – aksincha. Asosiysi ovqatlanish oralarida bolaga yeguliklar bermang va tezda ishtaha paydo bo‘ladi.

3⃣Ovqatni qiziqarli qilib suzing. Fantaziyangizni ishga soling va oddiy ovqatni bayramona taomga aylantiring.

4⃣O‘yin elementlarini qo‘shing. Likop ustida kartoshkadan qilingan tog‘lar, smetanadan oqayotgan daryolar, qirg‘oqlarida esa tikanli go‘shtli teftellar yasang.

5⃣Bolaning fikri bilan qiziqing. Undan bugun qanday ovqat yeyishni xohlayotganini so‘rang va tanlash uchun bir necha variantlar taklif qiling. Mustaqilligini namoyish qilish bolaga yoqadi.

Manba©

@YOSH_ONALARGA_MASLAHATLAR

Boshqa mavzular
Injiq bolani ovqatlantirishning besh usuli