Smartfondagi Dual GPS funksiyasi nima va nima uchun kerak? to’liq malumot oling
Smartfondagi Dual GPS funksiyasi nima va nima uchun kerak?
Xaritada odamning aniq manzilini topish uchun (https://t.me/gsmgurus_FAQ/554) sun’iy yo‘ldoshlar, smartfon va GPS kerak bo‘ladi. Sun’iy yo‘ldoshlar 1575 MGs (L1) chastotada signal yuboradi, smartfon ularni qabul qiladi va uning joylashgan joyini aniqlaydi.
Dual GPS joylashuvni aniqlash jarayoniga ikkinchi chastotani qo‘shadi — 1176 MGs (L5). Uning yordamida smartfon bir vaqtning o‘zida bitta sun’iy yo‘ldoshdan ikkita signalni qabul qilishi mumkin. Shu tarzda, xatolik bartaraf etiladi va odamning joylashuvi tez va to‘g‘ri aniqlanadi.
Dual GPS navigatsiya jarayonini yanada qulay va ishonchli qiladi. Uning afzalliklari quyidagilardan iborat:
• Yuqori tezlik. Ikki diapazonli GPS foydalanuvchining koordinatalarini tezda aniqlash imkonini beradi.
•To‘siqlarga qarshi yechim. Katta shaharlarda sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasi baland binolar va turli signallarning ko‘pligi bilan murakkablashadi. L5 chastotasi to‘siqlarlarga qarshi yaxshi yechim.
— Texnologiyaning to‘g‘ri va samarali ishlashi uchun Dual GPS funksiyasiga ega smartfonlarning dasturiy ta’minoti va apparat qismi ham mukammal bo‘lishi kerak.
— Sun’iy yo‘ldoshlarning ba’zilari L5 chastotasini qo‘llab-quvvatlamaydi, ya’ni ikkinchi chastotaning mavjudligi qurilmani xaritada to‘g‘ri aniqlanishiga ta’sir qilmasligi ham mumkin.
Smartfoningizda Dual GPS funksiyasi mavjudmi yoki yo‘qligini aniqlash uchun GPSTest (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.android.gpstest&hl=ru) ilovasini o‘rnating va ochiq maydonda ishga tushiring. Ilova barcha sun’iy yo‘ldoshlarni topguncha biroz (2-5 daqiqa) kuting va «NCH» ustunidagi qiymatlarda L5 yozuvi mavjudmi tekshiring. Agarda L5 qiymati sizda ko‘rsatilmasa, demak smartfoningizda Dual GPS funksiyasi mavjud emas.
Izohlarda, o‘zingiz tekshirgan qaysi smartfonlarda Dual GPS funksiyasi mavjud ekanligi haqida yozib qoldiring.
Davlatlar
Smartfondagi Dual GPS funksiyasi nima va nima uchun kerak?