KIMLARGA TЕKINGA UY-JOY BЕRILADI ? to’liq malumot oling
KIMLARGA TЕKINGA UY-JOY BЕRILADI ?
🟢 Uy-joy kodeksi 19-moddasi va “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga asosan;
🟢 Quyidagi holatlarda fuqarolarga Davlat tomonidan tekinga uy-joy beriladi.
👉 Turar joylari avariya holatida ekanligi yoki tabiiy ofatdan zarar ko‘rganligi belgilangan tartibda tan olingan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda;
👉 Fuqarolarning davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan uylari buzilishi natijasida, agar ularga buzilgan uylari evaziga pul tovoni to‘lanmagan bo‘lsa, davlat uy-joy fondi uylaridan olgan turar joylari, shuningdek tabiiy ofatlar oqibatida uylari buzilishi munosabati bilan olgan kvartiralari, bu kvartiralar qachon ajratilganidan qat’i nazar, ularga yoki ularning vorislariga tekinga beriladi.
❗️Demak uch xil holatda tekinga uy berilarkan;
Bular;
1) Yashab kelayotgan uyingiz to‘kilib tushish arafasida bo‘lsa.
2) Uyingiz tabiiy ofatdan vayron bo‘lgan bo‘lsa.
3) Uyingiz snosga tushib buzilib puli to‘lanmagan bo‘lsa.
Yuridik
KIMLARGA TЕKINGA UY-JOY BЕRILADI ?