Qor haqida sara sherlar to‘plami to’liq malumot oling

Qor haqida sara sherlar to‘plami to’liq malumot oling

Qor yog‘ayotgan oqshom

qor haqida sara sherlar toplami 2

Qor yog’ayotgan oqshom,

Shaharni kezsang,

G’ira-shira ko’chalarni kezsang,

qo’llaringni cho’ntakka tiqib,

Qor esa erisa lablaringda jim.

O’ylasang, olislarda qolgan kimnidir,

Shu qorni o’ylasang, qalbing entiksa.

Ayniqsa, o’zing sevgan qizni o’ylasang,

Ayniqsa, o’ylasang onangni…

Qor esa tinmasa,

Tinmasa qadaming.

O’zing ham bir qor uchquniday,

Singib ketsang tunning bag’riga.

Kimgadir yo’l bersang, kimgadir salom,

Ammo o’zing bilmasang buni.

Qor esa bo’ralab yog’aversa jim,

Adashsang-da, sezmasang adashganingni.

Laylak qor

qor haqida sara sherlar toplami 3

Qor yog’ar elak-elak,

Yog’ar bo’lib charxpalak.

Qo’ngan zamon kaftimga,

Erib ketar taftimga.

Quvnoq qor,

Oppoq qor.

Qorni yig’ib olaylik,

Bir shaklga solaylik.

Bolalar, keling, qani,

Qorbobo yasa, G’ani.

Qara, burning uchini,

Bilgin sovuq kuchini.

Shalpang quloqlar tikka —

Qarab qolibdi ko’kka.

Qor yog’ar hamon-hamon,

Kulamiz xandon-xandon.

Qizib ketdi o’yin ham,

Shodlikni ko’rar baham.

Quvnoq qor,

Oppoq qor.

Derazaning raxidan qorni

qor haqida sara sherlar toplami 4

Derazaning raxidan qorni

kuzatadi tuvakdagi gul.

Tashqarida yoqqanida qor,

uyda kitob o’qigan ma’qul.

Tashqarida yoqqanida qor,

bu o’y surib ingramak demak

va chiroqni o’chirib qo’yib,

oppoq shamni yondirmoq kerak.

Qanday yaxshi, ma’yus, baxtiyor

qiz tashrifin o’tirsang poylab,

tashqarida yoqqanida qor,

ko’chadagi chiroqda porlab.

Qanday yaxshi kuzatmoq to’yib,

tashqarida yoqqan oq qorni,

hech bo’lmasa oldingga qo’yib

o’tkir sharob, bir burda nonni.

Biroq, nega chidamas yurak,

kiyinaman asta, bemador –

qiyin ekan uyda yashamak

tashqarida yoqqanida qor.

Yangi yil sovg‘asi

qor haqida sara sherlar toplami 5

Hamma tomon oppoq qor,

Yer oq ko‘rpa ostida –

Mizg‘ib yotar intiq, zor,

Bahoroyning vasliga.

Borliqni xo‘p allalab,

Ko‘kdan o‘ynab qor tushar.

Qiyqirishib bolalar –

Bunda chana tortishar.

O‘ynashadi qorbo‘ron,

Zavqi baland, shashti zo‘r.

Atrof bеg‘ubor biram,

Nashidasi, gashti zo‘r.

Qor tagidan mo‘ralar

Daraxtlarning novdasi.

Har bir bola ko‘nglida

Qorboboning sovg‘asi!

Qor parchalar

qor haqida sara sherlar toplami 6

Qor parchalar, parchalar,

Oq kiyadi archalar.

Qir, adirlar, qo‘ralar,

Oq kiyimga o‘ralar.

Uyga kirdi oq odam,

Qarasam, mening dadam.

Dadamning ustin qoqdim,

Dadamga kulib boqdim.

Yoqalarin tuzatdim,

Issiq to‘nni uzatdim.

Qor, qor, qorlar

qor haqida sara sherlar toplami 7

Qor, qor, qorlar,

Atrof porlar.

Yilt-yilt nurdek,

Oppoq undek.

Shakar undek,

Shakar, desam.

Agar yesam,

Og’rir tishim.

Qor, qor, qorlar,

Atrof porlar.

Yilt-yilt nurdek.

Qor havosi

qor haqida sara sherlar toplami 8

Qor havosi ufurar,

Shamollar yer supurar.

Uchar so’nggi xazonlar,

Tussiz bog’-u biyobon,

Bo’m-bo’sh ko’cha, xiyobon.

Osmon xira va rangsiz,

Bosib kelar qish jangsiz.

Qish tasbehlari

qor haqida sara sherlar toplami 9

Qor kiyingan archalar,

Oq qalpoqqa o’xshaydi.

Yaltiroq shox-shabbalar,

Jez taroqqa o’xshaydi.

Muz qotgan ariqchalar,

Zar belbog’ga o’xshaydi.

Sumalaklar — qandillar,

Muz chiroqqa o’xshaydi.

Qor ustida qarg’alar,

Qora dog’ga o’xshaydi.

Yo oq qog’ozga tomgan,

Rang — siyohga o’xshaydi.

Fe’li sovuq izg’irin,

Ko’p chatoqqa o’xshaydi.

Quvib solar hammani,

Urto’qmoqqa o’xshaydi.

Har tomonda qor

qor haqida sara sherlar toplami 10

Har tomonda qor, qor, qor…

El bilan tushar, chiqar.

Bulutlar elab elak,

Separ oppoq kapalak,

To‘da-to‘da ucharlar,

Aylanishib qocharlar,

Yellarga yo‘l ocharlar.

Mana, har tomon oppoq,

Maydon, ko֥‘cha, tom, chorvoq.

Yerlar to‘ngan, ko‘k to‘ngan,

Havo charchab bo‘g‘ilgan.

Ko‘kragiga tushgan qor

O‘ziga joy axtarar,

Jimjit uylarni o‘rar…

Qor baralab yog’yapti

qor haqida sara sherlar toplami 11

Yer to’ysin deb bir yo’la,

Qor baralab yog’yapti.

Go’yo osmon un elar,

Havosi ham yoqyapti.

Yurganimda iz qolsa,

Qor uni tez yopyapti,

Kuchigim ham oqarib,

Atrofimda chopyapti.

Momojonim oynadan

Juda xursand boqyapti.

Xayolimga yoz kelib,

Suv sharqilab oqyapti!

Qor o‘yini

qor haqida sara sherlar toplami 12

Oqshomda boshlanar, qorning o’yini.

Havo ham top-toza, yurakda viqor.

Qop-qorayib yotgan bog’lar qo’ynini,

Oppoq sukunatga, ko’mib tashlar qor.

Qor tinar va sovuq pichoqlarini,

Oyga tutar, atrof ketar yarqirab.

Yig’ishtirib olar oyoqlarini,

Yalang’och, xo’mraygan bujur daraxtlar.

Kimdir shoshib borar, pastqam ko’chada,

Kimdir eringancha mudrab bosh qashir.

Kimdir derazadan termilar o’ychan,

Kimdir qor ustiga yoza boshlar sher.

Qor yoqqan kun

Qandayin so‘z topay tasvirlash uchun,

Maysalar rangini qor yoqqan kuni,

Qordan chiqib turgan maysalar uchin,

Yulduzlar sovuqdan muzlagan tunni.

Oy bilan sayr etib yurgan chog‘imda,

Yo‘lakdagi muzning qisir-qisirin,

Ko‘rpaga o‘rangan tungi bog‘imda,

Qari daraxtlarning mahzun  shivirin.

Sirg‘adek osilgan alvon do‘lana,

Yulduzdek yonadi yo‘lak chetida,

Qorning uchqunlari go‘yo parvona,

Qo‘naru eriydi bo‘sh hovuchimda.

Bemahal qor yoqqan kun

qor haqida sara sherlar toplami 13

Bul chog’i, bo’stonga ishtiyoq baland,

Nechundir bemahal yog’a ketdi qor.

Diktorning bir og’iz e’loni bilan

Chindan ham qaygadir berkindi bahor.

Bu fursat chamansiz ko’ngillar yarim,

Bulbulni quvlamang dostonimizdan.

Sizdan nima ketdi, diktor do’stlarim,

Qorni kurab qo’ying bo’stonimizdan.

Yangi yil kechasi

qor haqida sara sherlar toplami 14

Ko‘ngil ma’yus tortdi yilning so‘ngida,

Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor.

Bugun kuppa-kunduz ko‘zim o‘ngida,

Yana bir yoshimni o‘g‘irlading, qor.

Qirqinchi qasrimga o‘taymi endi,

Kechagi yoshligim ertakmi endi?..

Bahorim yetgudek qo‘lim uzatsam,

Yetolmay dilimni ne deb yupatsam.

Laylakqor, azizim, g‘alat bayram bu —

Kulib kuzatsammi, yig‘lab kuzatsam…

Dardim jim ichimga yutaymi endi,

Kechagi yoshligim ertakmi endi?

So‘rsang, sevinchimdan o‘kinchim ko‘proq,

Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.

Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,

Ko‘zda tabassum-u kiprikda titroq.

Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,

Kechagi yoshligim ertakmi endi?

Yangi yil,

Kelaver qanday kelsang ham,

Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.

Sen yangi yo‘ldoshsan, sen yangi hamdam,

Yo‘qlab kelganingni o‘zi bir bayram.

Qulog‘ingga bir gap aytaymi, endi,

Kechagi yoshligim ertakmi, endi…

Osmon qorni eladi

qor haqida sara sherlar toplami 15

Osmon qorni eladi,

Yerni oqqa beladi,

Xuddi yumshoq parto‘shak,

Dumalaging keladi.

Qor yog‘ar-ey, qor yog‘ar,

To‘lib dala-qir yog‘ar,

Boshimizdan sochqiday,

Oq marvarid, dur yog‘ar.

Xo‘p yaxmalak otamiz,

Goho qorga botamiz,

Qizib jo‘shar jon tanda,

Kim deydi sovqotamiz?

Qish yaxshi-yo, qish yaxshi,

Oppoq qor— kumush yaxshi.

Bir-birovga qor otib,

Qiyqirib quvish yaxshi.

Qorto‘plarni otamiz,

Rosa kulib qotamiz.

Pisand qilmay ayozni,

Qish zavqini totamiz.

Qor yog‘ar-ey, zo‘r yog‘ar,

Xo‘p quvnatib dillarni,

Zavqimizga jo‘r yog‘ar.

Qalin qor tushdi

qor haqida sara sherlar toplami 16

Qoraygan bog‘larga qalin qor tushdi,

Yodimiz yodiga tag‘in yor tushdi.

Dilga – ahli tarab ko‘ngillaridan

Quvg‘in aylamishlar – jam’i zor tushdi.

Bulbullar tindilar – oshiqlikmi shu?

Orom yo‘q – ishqimiz betakror tushdi.

Bori ishq zahrini bizga ber, falak,

Ko‘nglimiz ko‘tara xaridor tushdi.

Nigohimiz naqqosh yo‘lga termulib,

Darchangizga boqing – navbahor tushdi.

Laylidan so‘ylamang, afsonami ishq?

Devona baxshimiz – bizga or tushdi.

Yaldo tunlarida so‘yladik doston,

G‘uluvmas, holimiz rostu bor tushdi:

Oh urdik, ummonlar uchdi falakka –

Yo‘q esa, bog‘larga qaydin qor tushdi?

Qorga qasida

qor haqida sara sherlar toplami 17

Yana osmoningdan yerga qularsan,

Yana ma’sumlikdan chekarsan ozor.

Uzun kechalarni tongga ularsan,

Yerning yuzin yorug‘ aylagaysan, qor.

Ne-ne yuraklarda muz qotdi ohim,

Sendek qaro yerni qucholmasman shod.

Ey qor, osmonlarga yetgan faryodim,

Ey qor, to‘kilarsan sokin, befaryod.

Istarang issiqdir, sochilgan zavqing

Yorug‘ kunlarimdan keltirar darak.

Boshimdan yog‘dirar, to‘zg‘itib rahmin,

Issiq-sovug‘imdan xabardor falak…

Harorat axtarib kezarsan, biroq,

Jahoniy borlig‘ing – bir tomchi ko‘z yosh.

Seni deb qon yutar namdiyda ofoq,

Seni deb zaminga qaytadi quyosh…

Qor haqida

qor haqida sara sherlar toplami 18

Qish kechasi, guvillar shamol,

Dalada qor, qush inida qor.

Ingrar og‘riq kabi qari tol,

Oynalarni bezar qish- gulkor!

Jeyron : Qishning momiq choponi,

Boshida-chi oq qalpoq,

Bizni zavqqa toldirar,

Ko‘chalar rosa oppoq.

Oppoq qor

qor haqida sara sherlar toplami 19

Oppoq tiniq — oppoq qor,

O‘ynab tushar osmondan,

Qor qo‘ynida o‘ynoqlab,

Yurar yoshlar shod-xandon.

manba: uzbaza.uz

Sherlar
Qor haqida sara sherlar to‘plami