JIGAR SIRROZI to’liq malumot oling
JIGAR SIRROZI
Ushbu kasallikda jigarning o’z to’qimalari nobud bo’ladi va biriktiruvchi to’qimalar bilan almashtiriladi. Shu sababli, jigar yuzasi donador bo’lib, ko’plab engil, zich tugunlarga ega ko’rinishga keladi.
SABABLARI:
▪️Uzoq muddat alkogol bilan intoksikatsiyalanish , parazitar infektsiya va virusli B, C va D gepatitlari (30-40%) fonida rivojlanadi.
▪️Sirroz rivojlanishining kamroq kuzatiladigan sabablari — o’t yo’llari kasalliklari, dimlanishli yurak yetishmovchiligi, turli kimyoviy moddalar (gepatotoksinlar) va dorilar bilan zaharlanish.
▪️Infektsion omillar: surunkali virusli gepatitlar, ayniqsa, B va gepatit C, parazitar infektsiyalar, ayniqsa, zamburug’li va trematodozli (shistosomoz, opistorxoz, kandidoz, aspergillyoz). Jigarning birlamchi biliar jigar sirrozi asosan hech qanday sababsiz yuzaga keladi. Taxminan 10-35% bemorlarda etiologiya noaniqligicha qoladi.
Manba (https://t.me/Surgerydoctor/3275?single)
Kasalliklar
JIGAR SIRROZI