Simalgel haqida to’liq malumot oling

Simalgel haqida to’liq malumot oling

Simalgel

📜 Preparat haqida asosiy ma’lumotlar

Tarkibi:

5 ml suspenziyada quyidagilar saqlanadi: faol moddalar: alyumiy gidroksidining quruq geli 405 mg; magniy gidroksidi 100 mg; simetikon125 mg;

Yordamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi, qalampir yalpiz moyi, mannitol, natriy metilparaben, natriy propilparaben, natriy saxarinati, 70% li sorbit eritmasi, kontsentratsiyalangan vodorod peroksidi, 95% li etil spirti, tozalangan suv.

📝 Preparatning savdo nomi:

Simalgel

🧬 Farmakalogik guruhi:

antatsid vosita; antatsid preparatlar yel haydovchi vosita bilan majmuada.

💧 Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun suspenziya

👉 Qoʻllanilishi:

Ovqat hazm qilish yo‘llarining sekretor faoliyati normal bo‘lishi va oshishi, meteorizm (ichakda gazlarni hosil bo‘lishini oshishi) bilan kechuvchi kasalliklari.

Quyidagi kasalliklar: me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayish bosqichi;o‘tkir gastrit, surunkali gastritni zo‘rayish bosqichi;me’da va o‘n ikki barmoq ichak eroziyasi; peptik yara; diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churrasi;reflyuks-ezofagit;duodeno-gastral reflyuksda boshqa dori vositalari bilan majmuada qo‘llanadi.

Shuningdek noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida epigastriydagi diskomfort va og‘riq, jig‘ildon qaynashi, nordon kekirishda, alkogol, kofe va nikotin haddan tashqari ko‘p iste’mol qilinganida ham preparatni qo‘llash mumkin.

Dorixona
Simalgel haqida