«Giyohvandlik — Asr vabosi» mavzusida ma’naviyat soati to’liq malumot oling
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
Mundarija
скрыть
NAMANGAN VILOYAT XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
Chortoq tuman xalq ta’limi bo`limiga qarashli
48-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi
Tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi
MIRZAQAYUMOVA NAIMANING
“Giyohvandlik — asr vabosi” mavzusida yozgan
bir soatlik
Mavzu: Giyohvandlik — asr vabosi
Darsning maqsadi: O’quvchilarga giyohvandlik asr vabosi ekanligini nazariy ma’lumotlar asosida tushuntirish
a) Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga sog’lom turmush tarzi giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida ma’lumotlar berish
b) Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni sog’lom turmush tarziga, insondagi ijobiy fazilatlarni, sog’likni qadriga yetishni o’rgatish.
Darsning turi: yangi tushunchalarni berish, bilimlarni shakllantirish.
Darsning jihozi: dars ishlanma, mavzuga oid film, slayd, rasmlar, barkamollik daraxti, tarqatma, klaster
Darsning borishi:
TASHKILIY QISM:
a) salomlashish
b) davomatni aniqlash
v) xona holatini nazorat qilish
Haliyam kech emas, hali bor fursat,
Axir vujuddamas,qalbdadir quvvat,
Laxzada o’zingni o’zingga ko’rsat,
Extimol topilmas ertaga bu vaqt .
Darhaqiqat, aziz o’quvchilar shoir aytganidek vaqtning qadriga yetishimiz kerak.
Bejizga aytilmagan: Yoshlikda olingan bilim,
Toshga o’yilgan naqshdir.
O’quvchilarimizni ikki guruhga ajratamiz.
Ular bugun 1-guruh — “Sog’lom avlod”
2- guruh — “Kamolot”
bo’lib bir-birlari bilan bellashadilar.
O’tilgan mavzuni takrorlash.
Barkamollik daraxtidan guruhlarga savollar tarqatiladi
Savol: Harakatlar strategiyasi nechta yo`nalishdan iborat?
Javob: 5 ta yo`nalishdan iborat
Savol: O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risidagi 30-sonli buyrug’i qachon qabul qilingan
Javob: 2014-yil 19- fevralda qabul qilingan
Savol: Harakatlar strategiyasi qaysi yillarga mo`ljallangan Javob: 2017-2021
Savol: Ahloq-odob qoidalari nechta bob, nechta qoidadan iborat
Javob: 9ta bob,33ta qoidadan iborat
Savol : Vazrlar Mahkamasining 360-sonli qarorini nomini ayting.
Javob : Vazrlar Maxkamasining 360- sonli qarori «Voyaga yetmaganlar bo’yicha komissiyalar faoliyatini yanada takomillashtirish ular o’tasida jinoyatchilikni oldini olish chora tadbirlari to’g’risida»
Javob: Agar biz ul zotni avliyo desak, avliyolarning avliyosi, mutaffakkir desak, mutaffakkirlarning mutaffakkiri, shoir desak shoirlarning sultonidir.
O’quvchilar ZiyoNet tarmog’idan olingan yangiliklardan aytib o’tadilar.
YANGI MAVZU BAYONI:
Mavzu: Giyohvandlik- asr vabosi.
R e j a :
Zararli odatlar ularning kelib chiqishi.
Giyohvandlikning salbiy oqibatlari.
Sog’lom turmush tarzi haqida.
O’qituvchi: Zararli odatlar deganimizda biz siprtli ichimliklarni ichish, tamaki va nos chekish, giyohvand va toksik moddalarni iste’mol qilish kabi odatlarni tushunamiz. “Giyohvandlik “atamasi gerkcha “narko”-bog’lanish,”mania”aqlsizlik degan ma’no kelib chiqqan.
Giyohvandlik- bu moddalar ro’yhatiga kiruvchi moddalarni doimiy iste’mol qilish oqibatida kelib chiqadigan ,bu moddalarga ruhiy,ba’zi hollarda jismoniy tobelikninamoyon qiluvchi kasallik.
Giyohvand moddalar ichiladi, chekiladi, hidlanadi va qon tomirga yuboriladi.
O’smirlik davrida giyohvand moddalarni tinimsiz iste’mol qilish kishini ng o’z-o’zini hurmat qilishga atrofdagilar bilan munosabatlariga, qobiliyatiga, kelajakdagi rejalariga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
So’ngra o’quvchilar ishtirokida sahna ko’rinish ko’rsatib o’tiladi.
Yonboshlab yotgan ota:
Ota: Asror, menga qara. Nima qilyapsan?
Asror: Dada men dars tayyorlayapman.
Ota: Nima o’qib olim bo’lasanmi? Mana pulni olib, aroq va sigaret olib kel!
Asror: Doim shunaqa, dars qilishga ham qo’yishmaydi. Qani men ham chekib ko’rsammikin. Qanday bo’lar ekan.
To’xtang! Siz bu Siz nafaqat o’zingizni balki boshqa insonlarning ham hayotiga xavf tug’dirmoqdasiz. Bu borada “Bola huquqlari to’g’risida”gi konvensiyada shuningdek O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqo’sib kelayotgan yosh avlodni so’g’lom turmush tarzida o’sishiga to’sqinlik qiluvchi har qanday hatti harakatlar ta’qiqlanadi.
Giyohvand moddalar qabul qilishning bir nech xil ko’rinishi bo’ladi:
Jismoniy oqibatlar
Iqtisodiy oqibatlar
Ijtimoiy oqibatlar
Huquqiy oqibatlar
Ruhiy oqibatlar
Bu yo’lgabilmagan holda kirib qolish mumkin.
Kimningdir “ta’tib ko’ring “ deb bergan taklifiga “yo’q” deb javob bering.
Giyohvandning o’rtacha umr ko’rish muddati 7 yil o’ylab ko’ring ruhiy va jismoniy qiynoqlarga to’la 7yil sizga kerakmi?
KLASTER TOPSHIRIG’INI BAJARISH
Giyohvand insonni asabi notinch,yurak faoliyati tez ishlaydi bo’g’inlarda og’riq, tobelik holatlari bo’ladi.
Mana shu o’quvchi giyohvandlik botg’og’iga botmasdan,komilinson bo’lishi uchun nima ish qilishi kerak.
O’quvchilar bilan “Komil inson”trening mashg’uloti o’tkaziladi
1-o’quvchi: Inson tug’ilgach oilda tarbiyalanadi,kamol topadi,ota-ona farzand tarbiyasi uchun ma’suldir.
2-o’quvchi: Go’dakning ilk jamoaga qo’;shilish joyi bu bog’chadir.Bog’chada bola muomula madaniyatini ,maktabga boorish ko’nikmasini hosil qiladi
4-o’quvchi: Maktabdan tashqari muassasalarda biz bo’sh vaqtni unumli o’tkazamiz.Biz uchun musiqa va sport maktablarida barcha sharoitlar yaratilgan.Prezidentimiz aytganlaridek,’Barcha yaxshi narsalar
5-o’quvchi: Inson kamolotining pillapoyasi bu Kasb hunar kolleji yoki Akademik litseydirKasb hunar kollejida o’quvchi ikki yoki undan ortiq hunar egasi bo’ladi va o’zini kelajagi uchun poydevor quradi.Maqolda aytilganidk Hunar hunardan rizqing unar .
6-o’quvchi: Inson tarbiyasida mahallaning o’rni beqiyosdir .Mahallada yashash ularni,urf-odatlarimizni qadrlash,kattalarga hurmat ruhida tarbiyalash o’bekning milliy odatidir. Bir bolaga yetti qo’shni ota-ona deb to’g’ri aytishgan.
7-o’quvchi: Inson kasb hunar kollejini bitirgandan so’ng, yoshlar oldida 2 ta yo’l turadi. oliy ta’lim yoki hunar egasi. Mana shu bosqichlarni bosib o’tib, giyohvandlik botqog’iga botmasdan mana shu daraga yetib kelishi “Komil inson “darjasiga yetib kelishidir.
Tamaki Yevropaga fransuz diplomati J.Niko tomonidan 1560 yilda janubiy Amerikadan olib kelingan. Aynan shu diplomat nomiga atab, NIKOTIN so’zi paydo bo’lgan.
Sinf hamchirasi:
Odam chekishni qanchalik erta boshlasa o’z hayotini shunchlik tez qisqartiradi. Kimki 15 yoshdan chekishni boshlasa, o’z umrini 8yilga, kim 25 yoshdan chekishni boshlasa 4 yilga qisqartiradi.
100-200 mg nikotin odamni o’ldiradi.
YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH.
Giyohvand moddalarga “yo’q” deyishning 10 ta sabablari
1.Giyohvand moddalar baxt haqida soxta tasavvur beradi
2.Giyohvand moddalar bilim olishni qiyinlashtiradi
3.Giyohvand moddalar ko’pincha, baxtsiz hodisalarga sabab bo’ladi
4.Giyohvand moddalar do’stlikni buzadi
Giyohvand moddalar insonni kuchsiz va irodasiz qiladi.
Giyohvand moddalar odamlarni o’g’irlik zo’ravonlik va boshqa jinoyatlarga boshlaydi.
Giyohvand moddalar ko’pgina xavfli kasalliklarni kelib chiqishiga, OITS ga sabab bo’ladi.
Giyohvand moddalar oilalarni parchalanishiga olib keladi.
Giyohvand moddalar bolalarni majruh va nogiron bo’lib tug’ilishiga sabab bo’ladi.
Giyohvand moddalar shaxsning tubanlashishiga olib keladi.
31-may Butun jahon tamakiga qarshi kurashish kuni!
Uyga vazifa: Zararli odatlardan saqlanish mavzusida bayon yozib kelish.
Darsliklar
«Giyohvandlik — Asr vabosi» mavzusida ma’naviyat soati