BENDER haqida malumot bilib oling.
BENDER (Benderi) — Moldaviya Respublikasidagi shahar. Dnestr daryosi boʻyidagi pristan. T. y. tuguni. Aholisi 133 ming kishi (1991). Bender — respublikaning sanoat markaparidan biri. Oziq-ovqat, yengil sanoat (goʻsht k-ti, yogʻ, vino, konserva z-dlari, shoyi k-ti, ip yigirish, poyabzal, tikuvchilik fkalari), mashinasozlik, «Moldgidrolizmash» i. ch. birlashmasi, «Elektroapparatura», kabel, kema tuzatish, kemasozlik z-dlari, yengil sanoat texnikumi, tibbiyot bilim yurti, tarixoʻlkashunoslik muzeyi suratlar galereyasi bor. B. ga 15-a. da qalʼa sifatida asos solingan. 1538-y. gacha va 1918 — 40 ylarda Tigina deb atalgan.
Ensiklopediya.uz
BENDER