PЕNSIYA MIQDORINI OSHIRISH MUMKINMI. to’liq malumot oling
PЕNSIYA MIQDORINI OSHIRISH MUMKINMI.
⚡️SAVOL;
Men xammasi bo‘lib 25 yil mehnat stajiga egaman lekin, pensiyaga chiqadigan paytimda 9 yillik mehnat stajimni tasdiqlovchi yozuvlar arxivdan chiqmaganligi sababli menga kam miqdorda pensiya tayinlangan. Hozirgi kunga kelib meni o‘sha 9 yillik mehnat stajimni tasdiqlaydigan xujjat topildi. Endi meni o‘sha tasdiqlovchi xujjatga asosan pensiyam miqdori oshiriladimi yoki endi uni mehnat stajimga qo‘shishning iloji yo‘qmi ?
⚡️JAVOB;
O‘zbekiston Respublikasining 03.09.1993 yildagi 938-XII-son Qonunining 49-moddasi pensiyani qayta xisoblash shartlari deb nomlanib, unga ko‘ra, pensioner pensiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etgan taqdirda pensiya qayta xisoblanishi kerakligi ko‘rsatilgan.
✅ Sizni pensiyaga chiqishingizgacha bo‘lgan o‘sha 9 yillik mehnat stajingizni tasdiqlovchi xujjat pensiya miqdoriga ta’sir qiluvchi xujjat xisoblanadi. ya’ni, Siz o‘sha tasdiqlovchi xujjatingizni Sizga pensiya to‘lab kelayotgan tashkilotga olib borib topshirsangiz ular Sizni jami mehnat stajingizdan kelib chiqib Sizga pensiyani qayta xisoblashi va xozir olib kelayotgan pensiyangizni stajingizga mos ravishda oshirib berishlari kerak.
Yuridik
PЕNSIYA MIQDORINI OSHIRISH MUMKINMI.