Antigripin maksimum to’liq malumot oling
Antigripin maksimum
📜 Preparat xaqida asosiy maʼlumotlar.
Tarkibi:
1 paketcha quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: paratsetamol – 360 mg, askorbin kislotasi – 300 mg, kaltsiy glyukonati monogidrati – 100 mg, rimantadin gidroxloridi – 50 mg, rutozid – 20 mg, loratadin – 3 mg;
Yordamchi moddalar: aspartam, gipromelloza, kolloid kremniy dioksidi, laktoza, ozuqa hushbo‘yi limon yoki asal va limon, yoki malina, yoki qora qorag‘at.
📝 Preparatning savdo nomi:
Antigrippin-Maksimum
🧬 Farmakalogik guruhi:
O‘RK va “shamollash” belgilarini bartaraf qilish uchun vosita.
💊 Dori shakli:
ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun (limonli, asal-limonli, malinali, qora qorag‘atli).
🧪 Ta’rifi:
Paketcha ichidagisi – deyarli oq rangli granulalarning sarg‘imtir-yashilroq rangli o‘ziga xos hidli (limon, asal bilan limon, malina, qora qaraqat) kukun bilan aralashmasi.
Kukun eritilganidan keyingi eritma – rangsiz yoki sarg‘ish, biroz loyqa, o‘ziga xos hidli (limon, asal bilan limon, malina, qora qoraqat) eritma.
Sariq rangli erimagan zarrachalar bo‘lishi mumkin.
👉 Qoʻllanilishi:
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalardagi gripp, O‘RVI, nafas yo‘llarining virusli shikastlanishlari oqibatidagi isitmali holatlarini etiopatogenetik va simptomatik davolashda qo‘llanadi.
Dorixona
Antigripin maksimum