Emizikli onalarga maslahatlar
Emizikli onalarga maslahatlar 🌟Bolani emizish vaqtida toʻgʻri ushlash lozim; 🌟Koʻkrak bezi soʻrgʻichlari yalligʻlanishining oldini olish uchun davriy ravishda bolaga taʼsir qilmaydigan maxsus krem va losyon surtish kerak; 🌟Bolani tez-tez, qisqa muddatga emizish koʻkrak bezlaridagi ogʻriqlarni kamaytiradi; 🌟Bolani emizish oldidan iliq dush qabul qilish ham ogʻriqlarni bartaraf qilishda yordam beradi; 🌟Bolani emizib boʻlganingizdan soʻng, koʻkrak bezlariga sovuq kompresslar qoʻysangiz ogʻriq qoladi; 🌟Emizikli onalarga iloji boricha koʻproq suyuqlik ichish va dam olish tavsiya etiladi; 🌟Koʻkrak bezi soʻrgʻichlarida yorilishlar kelib chiqsa, lanolin, solkoseril malhamlari yoki chakanda moyini surtish tavsiya etiladi; 🌟Koʻkrak bezi terisiga tarkibida spirt saqlovchi eritmalar (zelenka yoki yod) surtish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, bu sohaga sovun ishlatish ham mumkin emas. Manba©Emizikli onalarga maslahatlar
DO`STLARGA ULASHING:
@Yosh_onalarga_maslahatlar
Emizikli onalarga maslahatlar