BOSMA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOSMA haqida malumot bilib oling.

BOSMA — 1) kashtadoʻzlikyaa chok turi. Mato ustiga ipni toʻgʻri yoki qiya toʻshab, ustidan 3 mm li qiya choklar b-n tikib chiqiladi. Bunda ip avval oʻngdan chapga toʻshalib, ustidan chapdan oʻngta tomon chok bostirib matoga mustahkamlanib chiqiladi; shu tariqa mato yuzasi sidirgʻa qoplanadi. Bosma chokining tashqi koʻrinishdan birbiridan farq qiladigan bir necha xillari (kandaxayol, chindaxayol va b.) bor. Yirik kashtalar (palak, soʻzana, choyshab, kirpech va b.) va naqsh gullarini yaxlit kashta bilan toʻldirish maqsadida yuzaga kelgan. Toshkent, Buxoro, Shahrisabz, Samarqand va b. da «dol» deb ataladi;

2) kulollikda buyumlarni bezashda (yogʻoch yoki rezinka, qadimda qovoq, turp, sabzi va b. dan yudduz, doyra, nuqta shaklida oʻyib tayyorlangan), matoga gul bosishda (yogʻoch) qoʻllaniladigan gul qoliplar yordamida tushiriladi;

3) zargarlikda qolipaki usulida yasalgan yoki bezalgan buyumlar; 4) araqi koʻrinishidagi ingichka va yupqa taxtachalar; meʼmoriy bezakda taxtalar chokini berkitish uchun qoʻllaniladi. Yuzasi oʻyma va boʻyama naqshlar bilan bezatilishi mumkin; chaspakning bir turi.

Ensiklopediya.uz
BOSMA