BOBOQULOV haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOBOQULOV haqida malumot bilib oling.

BOBOQULOV Ahmad (1931.17.1 Dushanba—1990.25.5) — tojik xonandasi (lirikdramatik tenor). Xalq artisti (1971). Taniqli maqom bilimdoni Boboqul Fayzullayevning oʻgʻli. Tojik opera va balet teatri (1954—56, 1966 — 81), Tojik Davlat filarmoniyasi (1956— 66) yakkaxoni, Tojikiston teleradiosi maqom ansamblining badiiy rahbari (1973—81). M. Tursunzoda nomidagi Sanʼat in-tida oʻqituvchi, xonandalik kafedrasi mudiri (1967 — 76), prof. (1977-y. dan). Asosiy partiyalari: Kavaradossi (J. Puchchini, «Toska»), Kanio (R. Leonkavallo, «Payaslar»), Xurshid, Modan (3. Shohidiy, «Dushanbalik qiz», «Komde va Modan»), Rudakiy (Sh. Sayfiddinov, «Rudakiy»), Vodemon (P. Chaykovskiy, «Iolanta») va b. «Samarqand Ushshogʻi», «Dugoh», «Qashqarchai Moʻgʻulchai Dugoh», «Iroq» va b. ashula yoʻllarining ham mohir ijrochisi. Oʻzbekistonda tojik adabiyoti va sanʼati dekadalari (1957, 1968), Xalqaro musiqashunoslik anjumanlari (Samarqand, 1978, 1983) konsertlarida qatnashgan. Rudakiy nomidagi Tojikiston Davlat mukofoti laureati (1966).

Ensiklopediya.uz
BOBOQULOV