APPENDITSITDA QANAQA BELGILAR BO’LADI? to’liq malumot oling
📍APPENDITSITDA QANAQA BELGILAR BO’LADI?🤔
💊Qorningizda to’satdan og’riq bo’lib qolganda hayolingizga 1-bo’lib nima keladi? Appenditsit bo’lib qolmadimmikan degan savol!
👨🏻⚕️Hozir biz appenditsit kasalligida qanaqa belgilar bo’lishini o’rganamiz.
— eng avvalo qorinning markazida, ya’ni kindik atrofida to’sattan kuchli og’riq, keyinchalik o’ng va quyi qismga og’riqning ko’chishi(Koxer alomati)
— tana harorati ko’tarilishi
— ko’ngil aynib qayt qilishi
— og’riqning asosan kechasi va ertalab bo’lishi
— og’riq kulish va yo’talish, chuqur nafas olishda kuchayadi
— o’ng tomonga egilganda yoki oyoqlarni yig’ib qoringa yaqinlashtirganda esa og’riq pasayadi
— yallig’langan sohani bosib korganda og’riq odatda deyarli sezilmaydi, ammo qorinni birdan qo’yib yuborsa kuchli og’riq paydo bo’ladi(o’ng tomonni bosib ko’rmang, chunki appenditsit yorilib ketishi mumkin)
— qorin devorining tarangligi ortadi
— bolalarda ich ketishi, kattalarda esa og’izdagi quruqlik va axlatning kechikishi kuzatilishi mumkin
🔴☝️shuni yodda tutish kerakki, appendiks hqr doim ham o’ngda emas ba’zan chap tomonda bo’lishi mumkin, og’riq esa qorinning chap tomonida seziladi, ba’zida esa o’ng qovurg’a ostida, chov sohasida, belda ham og’riq bo’ladi
👨🏻⚕️Aziz obunachilar, agar ushbu holatlarni o’zingizda yoki biror yaqin insoningizda sezsangiz zudlik bilan xirurg ko’rigiga boring(agar og’riq juda kuchli bo’lganda vaqtinchalik spazmolitik dori ichish mumkin)
Chunki buni o’z vaqtida davolatmaslik, appendiksning yorilishi va infeksiyaning butun qorin bo’shlig’iga tarqalishiga olib kelishi mumkin!
@tashxis1
Kasalliklar
APPENDITSITDA QANAQA BELGILAR BO’LADI?