JSHSHIRni qanday aniqlash mumkin. Qo‘llanma to’liq malumot oling
JSHSHIR davlat, bank, soliq, ijtimoiy va boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi.
Davlat organlari “Elektron hukumat” maxsus platformasi orqali o‘zaro hamkorlik orqali jismoniy shaxslardan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘ramasdan, JSHSHIR asosida zarur ma’lumotlarni almashadi.
O‘tgan yildan boshlab, O‘zbekistonda vaqtincha yoki doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham JSHSHIR olishlari mumkin bo‘ldi.
JSHSHIRdan yana qanday maqsadda foydalanadi degan savolga, undan Yagona portal xizmatlaridan foydalanishda, oliygohga hujjat topshirishda, va elektron raqamli imzo olishda foydalanish mumkin.
Biroq hali ham JSHSHIRni qanday olish yoki aniqlash mumkinligini bilmayotganlar bo‘lishi mumkin.
Eng qizig‘i, JSHSHIRni hech qayerdan qidirish shart emas, u qaysidir idoraga borib, navbatda turib olinmaydi.
Buning uchun pasport kerak va uning asosiy sahifasining quyi qismida keltirilgan raqamlar orqali aniqlash mumkin.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmaganlar esa Davlat xizmatlari markazlariga JSHSHIR olish uchun ariza berishi mumkin.
Shuningdek, xorijga chiqish pasportida ham fuqaroning JSHSHIR raqami keltirilgan bo‘ladi. Uni xuddi namunadagi kabi oxiridan ikkita raqam tashlab aniqlash mumkin.
Foydali Maslahatlar
JSHSHIRni qanday aniqlash mumkin. Qo‘llanma