BOʻGAJILI haqida malumot bilib oling.
BOʻGAJILI, bogʻajeli — Nurota togʻ etaklarida yashovchi uzbek va turkmanlar tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Ular «olti ota boʻgajili» deb ham atalgan. Boʻgajili oʻtmishda — qoʻshtamgʻali, oʻrda, yastavon, chasgash, jaman, jayparli kabi bir necha uruqqa boʻlingan. V. Radlov B. larni byogyoshyolyu, byugyoshyulyu deb ataydi va 19-a. oʻrtalarida Zarafshon vodiysining markaziy qismi shim. da, Nurota togʻlarida yashagan turkmanlar tarkibida uchta urugʻ: qozoyogʻli, qanjigʻali va byogyoshyolyu boʻlganligini, shulardan qanjigʻali va Boʻgajili uysun qabilasiga mansub boʻlib Katta Oʻrda qozoqdari bilan qabiladosh boʻlganlarini qayd etib oʻtadi.
Ad..Radlov V. V., Iz Sibiri, M., 1989.
Ensiklopediya.uz
BOʻGAJILI