Pnevmatik va gidropnevmatik podveskalarning o‘zaro farqi to’liq malumot oling
Avtomobilning podveskasi — avtomobil asosiy qismi (ramasi) va gʻildiraklari oʻrtasidagi aloqani taʼminlaydigan tizim. Boshqacha qilib aytganda, bu tizim gʻildiraklarning holatiga qaramay, avtomobil ramasini barqaror turishini taʼminlaydi. Aytish joizki, podveska mashinaning dinamik xususiyatlari va ravon yurishiga ham taʼsir oʻtkazadi. Qolaversa, podveska xususiyatlari avtomobilni yuk koʻtarishi va uni haydash qulayligiga ham bogʻliq. Keng tarqalgan prujinali podveskani misol qilib olaylik: bunday podveskali mashinalarni haydash qulay, ammo ogʻir yuk tashiy olmaydi. Ressorli podveksada esa buning aksi, shu sababli u odatda yuk mashinalariga oʻrnatiladi.
Prujinali (chapda) va ressorli (oʻngda) podveska / drive2.ru, wikipedia.org
Bugungi kunda yuqori darajadagi qulaylik va maʼlum ogʻirlikdagi yuk koʻtarish imkoniyatini taʼminlashning eng yaxshi usuli bu — avtomobilga pnevmatik yoki gidropnevmatik podveskani oʻrnatish. Keling, ikkalasiga ham qisqacha toʻxtalamiz:
Pnevmatik podveska (pnevmopodveska) — avtomobilning klirensini (mashinaning eng quyi nuqtasi va yer oʻrtasidagi masofa) oʻzgartirish imkonini beruvchi podveska turi. Ilgari ushbu turdagi podveskani odatda yuk mashina, tirkama, mikroavtobus, yoʻltanlamas va biznes-klass avtomobillarda ishlatilardi. Hozirga kelib esa bu tizimni deyarli har qanday mashinaga oʻrnatilish mumkin.
Pnevmopodveskaning oddiy podveskadan asosiy farqi unda havo yostigʻining borligi boʻlib, bunday tizim avtomobilga qancha yuk ortilsa ham u “oʻtirib” qolmasligini taʼminlaydi. Klirens va uning yumshoqligi darajasi odatda elektron boshqaruv bloki yaʼni kompyuter yordamida boshqariladi. Ammo bu tizim boshqaruvini avtomobil ichidagi qurilmaga oʻrnatib (maxsus tugma yoki displey), haydovchi uni oʻz qoʻli bilan boshqarishi ham mumkin.
Citroën kompaniyasi bu tizimni birinchilardan boʻlib ishlab chiqqan va takomillashtirgan.
Gidropnevmatik podveska (gidropodveska) — pnevmatik podveskaga taqqoslaganda ancha ishonchli. Uning ishlash prinsipi pnevmopodveskaga oʻxshash boʻlishiga qaramay, u koʻproqqa xizmat qiladi (oʻrtacha 300–400 ming km). Bu podveska turining tuzilishi maxsus suyuqlikka ega boʻlgan gidravlik silindrlarga asoslangan boʻlib, tizimdagi maxsus suyuqlikning kerakli bosimini nazorat qilishga gidroelektron blok javob beradi. Gidropnevmatik podveskaning asosiy maqsadi mashinaning klirensini avtomatik sozlash, tezlanish, tekis yoʻlda harakat, burilish va tormozlanishga qarab avtomobil podveskaning yumshoqligini nazorat qilishdir. Bu harakat alohida elementlar uchun ham, umuman barcha gʻildiraklar uchun bittada ham amalga oshirilishi mumkin.
Pnevmopodveska (chapda) va gidropodveska (oʻngda) / carsweek.ru, autoservice-ap.ru
Muqova surat: spinny.com
Manbalar: uti.edu, investtocar.ru, niksto.ru, wikipedia.org
Boshqa mavzular
Pnevmatik va gidropnevmatik podveskalarning o‘zaro farqi