BXARATENDU XARISHCHANDRA haqida malumot bilib oling.
BXARATENDU XARISHCHANDRA (1850—Banoras—1885) — hind yozuvchisi, dramaturg. Zamonaviy hind adabiyoti asoschilaridan biri. U 13 yoshida R«amayana»dyalh parchalarni (sanskritchadan hindchaga) tarjima qilgan. «Vidyasundar» (1868), «Adolatli Xarishchandra» (1874) asarlari sanskritchadan qilingan ilk erkin tarjimalari edi. Bxaratendu xarishchandra. «Sevgi maftuni» (1875), «Chandravali» (1876), «Xindiston musibati» (1880), «Ostinustun shahar» (1881) kabi asarlari bilan zamonaviy hind dramaturgiyasiga asos soldi, uni mumtoz dramalarga ijodiy yondashgan holda, zamonaviy mavzu va gʻoyalar bilan boyitdi. Bxaratendu xarishchandra. teatrlar tashkil etib, oʻzi ham rejissyorlik, ham aktyorlik qilgan. Uning asarlari, adabiytanqidiy maqolalari vatanparvarlik ruhi, bosqinchilarga nafrat gʻoyalari bilan sugʻorilgan. Ijodi 19-a. 2-yarmi hind adabiyoti taraqqiyotiga sezilarli taʼsir etgan.
Ensiklopediya.uz
BXARATENDU XARISHCHANDRA