BOYSUN SOYLIGI haqida malumot bilib oling.
BOYSUN SOYLIGI — Boysun tizmasining jan. gʻarbiy etaklaridagi soylik. B. s. shim. da Chagʻil togʻlari, sharkda Sherobod-Sariqamish qirlari, jan. va jan. gʻarbda baland tepaliklar va past togʻlar bilan oʻralgan. Mutlaq bal. 1200 m. B. s. da qish unchalik sovuq emas, yoz issiq va quruq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —0,8°, iyulniki 27°. Yillik yogʻin miqdori 445 mm, asosan qish va bahorda yogʻadi. Boysun soyligini shim. da Boysun tizmasi etaklaridan va Chagʻil togʻlari yon bagʻirlaridan boshlanuvchi soylar kesib oʻtadi. Bu soylar faqat bahorda toʻlib oqadi, qolgan vaqtlarda qurib qoladi. Boysun soyligida qumoq, shoʻrtob va boʻz tuproqli yerlar koʻp, dehqonchilik qilinadi. Yassi tepalik va qirlarida lalmi bugʻdoy va arpa ekiladi.
Ensiklopediya.uz
BOYSUN SOYLIGI