1-qism. “Dalillarga asoslangan” ruhshunoslik: ruhshunoslik muolajalarining samaradorligi haqida nimalar ma’lum? to’liq malumot oling
“Bosh – mavhum mavzu va u boʻyicha tadqiqot olib borib boʻlmaydi”, – deydi “Muhabbat formulasi” filmidagi qahramonlardan biri. Film voqealari 18-asrda boʻlib oʻtadi. Oʻshandan beri insoniyat miya boʻyicha juda koʻp ilmiy bilimlarni toʻpladi. 21-asrga kelib tashxis qoʻyish va davolash usulini tanlash qatʼiy ilmiy maʼlumotlarga asoslana boshladi. Biroq oʻrganish mavzusining murakkabligi va noaniqligi tufayli “bosh” oʻzgarishsiz qoldi. Gedeon Rixter kompaniyasi bilan birga N + 1 dalillarga asoslangan tibbiyot usullari psixiatriyada qanday ildiz otayotganini tadqiq qiladi.
Nega hammasi juda murakkab?
Psixiatriya – tibbiy bilimlarning juda noodatiy boʻlimi.
Ongimizning zamonaviy tushunish tabiati miyaning moddiy ekanini va fiziologik jarayonlar bilan birga kechmaydigan ruhiy hodisalar yoʻqligi haqida guvohlik beradi. Ha, baʼzi fikrlar boshqa fikr va his-tuygʻularni keltirib chiqarishi mumkin va aksincha. Ammo sabab-oqibat munosabatlari bilan bogʻliq boʻlgan bu hodisalar moddiy oʻlchovga ega va tashqi kuzatuvchi ularni ilgʻamay qolmaydi. Albatta u tegishli tarzda magnit-rezonans tomografiya kabi uskunalar bilan jihozlangan boʻlsa.
Neyrovizualizatsiyaning zamonaviy usullari, masalan, funksional MRT (Magnit Rezonans Tomografiya) tufayli psixiatrlar bemorlarning miyasida haqiqatan ham buzilishlarni kuzatishadi. Ammo MRT haligacha shifokorlarga aniq tashxis qoʻyishga yordam berolmaydi.
Boshimizdan oʻtadigan tajriba va ular bilan bogʻliq xulq-atvor buzilishlarining biologik tomoni borligiga ishonch boʻlsa-da, biz hali ham baʼzi ruhiy kasalliklarning biologik sabablari nima ekanini aniq bilmaymiz.
Hozirda amaliyotchi psixiatrlar uchun tahlil miqyosi insonda kuzatiladigan xatti-harakatlar va ularga qanday ruhiy holatlar hamroh boʻlayotgani haqida hisobot berish bilan chegaralanib qolmoqda. Boshqacha aytganda, bular alomatlar xolos. Ularning yarmi dalillardan iborat boʻlib, ularni ishonchli tarzda tekshirish juda muammoli (afsuski, telepatlar psixiatr sifatida ishga qabul qilinmaydi). Shuningdek, alomatlarni aytib berayotgan shaxsning xabarlariga ishonish mumkinligi yoki yoʻqligi ham dargumon, axir bu odam ruhiyat buzilishi bilan bogʻliq muammolarda “gumon qilinyapti-ku”.
Zamonaviy tibbiyot dalillarga asoslangan boʻlishga intiladi. Shifokorlar ularning tashxislari va kasallikning oldini olish hamda davolash usullari faktik bilimlarga asoslangan boʻlishini xohlashadi, yaʼni ular maʼlumotlarning taxminlarga emas, balki empirik tarzda tasdiqlangan faktlarga murojaat qilishini istashadi. Biroq bu borada psixiatriya hali ham ojiz.
Bu “Nima uchun dalillarga asoslangan tibbiyotni psixiatriyaga nisbatan qoʻllab boʻlmaydi?” nomli provokatsion maqola mualliflari Robert Levin (Robert Levine) va Maks Fink (Max Fink) eʼtiborini tortdi. Biz ham ushbu maqola asosida sabablarni umumlashtirishga harakat qilamiz.
1. Biz psixiatrik tashxis haqida aniq tushunchaga ega emasmiz
Bemor ruhiyat bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday shikoyat bilan shifokorga murojaat qilganda shifokor uni tekshiradi, sinovlarni tayinlaydi va kerak boʻlsa MRT yoki rentgenga yoʻnaltiradi. Bular bemorga haqiqatan nima boʻlayotganini aniqlash va aniq tashxis qoʻyish, ORVI sabab boʻlgan yoʻtaldan shunchaki tiqilib qolishlik bilan bogʻliq yoʻtalni ajratib olish uchun kerak. Bemorning oʻzi haqidagi maʼlumoti ham hisobga olinadi, lekin odatda bu tashxis qoʻyishda muhim oʻrin tutmaydi.
Ruhiyat buzilishlari boʻyicha tashxis bilan bogʻliq vaziyatlarda hammasi oddiy va aniq emas. Bemorni “shizofreniyaga” tekshirish uchun maxsus sinovlarga yuborish oʻrniga, shifokor birinchi oʻrinda kasal odam aytib berayotgan alomatlarga tayanishi va keyin ularni kuzatuv maʼlumotlariga muvofiqlashtirishi, ruhiy kasalliklar tashxisi va statistik qoʻllanmadan (DSM, hozirda beshinchi nashri chiqdi) “maslahat” olishi lozim. Ushbu nashr psixiatrlar uchun asosiy maʼlumotnoma boʻlib xizmat qiladi. Qisqasi, shifokor bemorga qarab “U kasalmi yoki kasal emasmi?” deb fikr yuritishi kerak.
Shu bilan birga, ruhiy kasallikning tabiati va DSMda aks etgan kasallikka qoʻyilgan tashxis haligacha muhokama qilinmoqda. Mana muammo qayerda.
“DSM-5 qoʻllanmasi asosiy baza boʻlib, psixiatrlarning umumiy konsensus fikrini aks ettiradi. U Amerika tasnifi boʻyicha tadqiqotlarda ishtirok etishni istagan butun dunyo boʻylab barcha mutaxassislarning jamoaviy klinik bilimlariga asoslanadi”, – deydi Ruhiy salomatlik tadqiqotlari instituti direktori va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti eksperti Vladimir Mendelevich. “Bu tasnif muayyan xulq-atvor buzilishlarining mavjudligi haqidagi nuqtai nazarni aks ettiradi. Ammo munozaralar davom etmoqda va ruhiy kasalliklar bir-biridan juda kam farq qiladi degan qarash ham mavjud. Haqiqatan ham psixiatriyadagi nozologiyalar (tartibsizliklarning taʼriflari – N + 1 izohi) bir-biri bilan kesishadi va tashxis mezonlarining oʻzi esa unchalik kelishmaydi.
Shuning uchun ham mutaxassislar spektral psixiatriya – inson ruhiyatining turli holatlarini alohida tashxislarga boʻlmaydigan yoʻnalish haqida gapira boshladi. “Spektral” ruhshunosning vazifasi bir uchida meʼyoriy xatti-harakatlar, ikkinchi uchida esa aniq ruhiy buzilishlar boʻlgan “toʻgʻri chiziqda” bemorning oʻrnini topishdan iborat.
“Ammo shuni tushunish kerakki, tasniflash koʻpchilik mutaxassislar tomonidan qabul qilinadi”, – deb davom etadi Mendelevich. “Uni, albatta, tanqid qilishlari mumkin, ammo baribir uni koʻpchilik emas, balki ozchilik olimlar va shifokorlar qoʻllab-quvvatlamoqda”.
DSM kasalliklari alomatlar toʻplamidir. Ular baʼzan bir-biriga juda oʻxshash boʻladi. Masalan, jarohatdan keyingi ruhiy buzilish alomatlarini tushkunlik bilan osongina almashtirib qoʻyish mumkin. Almashib qolish boshqacha tarzda ham yuzaga keladi. 2014-yilgi katta tadqiqotga koʻra turli xil alomatlarga ega boʻlgan ikki kishiga bir xil tashxis qoʻyilgan.
nplus1.ru
Chalkashlikka qoʻshimcha ravishda alomatlarning ogʻirligi bemorlarda turlicha boʻladi. Buni, masalan, tushkunlik kasalida kuzatsa boʻladi. Tushkunlikning odam ruhiy yordamga muhtoj boʻladigan yengil shakllari va dori-darmonlarga muhtoj boʻladigan ogʻir shakllari mavjud. Ikkala holatda ham bemorning oʻz joniga qasd qilish xavfi mavjud. Natijada bir xil kasallikka chalingan bemorlarni alomatlar ogʻirligiga qarab ajratish kerak. Buning uchun esa aniq mezonlar yoʻq.
Kasalliklar faqatgina alomatlar darajasida bir-birlari bilan kesishmaydi. Turli xil DSM-5 tashxisi qoʻyilgan odamlarga koʻpincha bir xil dori-darmonlar buyuriladi. Masalan, tushkunlik, obsesif-kompulsiv ruhiy buzilish (OKB), vahima va umumiy tashvishlanish holatlari uchun bir xil – selektiv serotoninni qaytaruvchi ingibitorlar (SSRI) sinfidagi antidepressantlar tavsiya etiladi. Bu turli xil ruhiy kasalliklar oʻrtasida aniq chegaralar yoʻqligini koʻrsatadi.
2. Psixiatriyada samarali diagnostika usullari mavjud emas
Kasallikning fizik sabablarini istisno qilish uchun psixiatr bemorga qalqonsimon bez gormonlarini tekshiradigan qon testini yoki peshob orqali giyohvand moddalarni tekshirishni buyurishi mumkin. Ammo ruhiy kasalliklarni toʻgʻri aniqlashga yordam beradigan testlar mavjud emas. Psixiatriyada “shizofreniya uchun qon testi” yoki “tushkunlik uchun rentgen” yoʻq.
Psixiatrning yagona tashxis qoʻyish vositasi bemor bilan suhbatdir.
3. Psixiatr obyektiv ravishda taklif qilishi mumkin boʻlgan yagona narsa alomatlarni davolash hisoblanadi.
Psixoz, tushkun kayfiyat yoki tashvishlanishni yengishga yordam beradigan dorilar mavjud. Ammo bu alomatlar turli sabablar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Masalan, psixoz aslida maʼlum dori-darmonlar, nevrologik kasalliklar, jarohat tufayli yuzaga kelishi yoki bu parishonxotirlik yoxud parishonxotirlik sabab chiqadigan tushkunlik alomati boʻlishi ham mumkin.
Anʼanaviy tibbiyotda ham shunga oʻxshash voqealar sodir boʻlib turadi. Masalan, qorin ortiqcha ovqatlanish, ichak grippi va appenditsit tufayli ogʻrishi mumkin. Biroq ushbu kasalliklarning barchasida ogʻriqni bir xil darajada yengillashtiradigan dori yoʻq. Kasallikning alomatiga taʼsir qiladigan ogʻriq qoldiruvchi vositalarni qabul qilib, shunchaki noqulaylikdan vaqtincha “qutulish mumkin” xolos. Shu maʼnoda, psixiatr tomonidan tayinlanadigan vositalar dori emas, balki shunchaki ogʻriq qoldiruvchilardir.
Maqolaning 2-qismini bu yerda o‘qing → sinaps.uz/maqola/15799
Muallif: Olga Dobrovidova. Ushbu maqola nplus1.ru saytidagi “«Доказательная» психиатрия. Что мы знаем об эффективности психиатрических методов лечения” nomli maqolaning tarjimasi.
Muqova surat: nplus.ru
Boshqa mavzular
1-qism. “Dalillarga asoslangan” ruhshunoslik: ruhshunoslik muolajalarining samaradorligi haqida nimalar ma’lum?