29-Sentabr – Bag‘dod tumani tashkil etilgan kun. to’liq malumot oling
29-Sentabr – Bag‘dod tumani tashkil etilgan kun.
Bagʻdod tumani — 1926-yilning 29-sentabrida tashkil topgan. 1962-yil 24-dekabrda Uchko’prik tumaniga qo’shib yuborildi 1964-yil 31-dekabrda qayta tuzildi. Tuman Fargʻona viloyatining markaziy hududida joylashgan boʻlib, 333,3 km. kv maydonni egallaydi. Aholisi 218 mingdan ziyod. Chegaralarining umumiy uzunligi: 98,1 km. Janubdan Rishton (34,2 km), sharqdan Oltiariq (21,2 km), shimoldan Buvayda (19,5 km), gʻarbdan Uchko’prik (23,2 km) tumanlari bilan chegaradosh. Tuman hududidan „Qoʻqon-Andijon-Qoʻqon» yoʻnalishi boʻyicha harakatlanuvchi temir yoʻl oʻtgan. Markazi — Bagʻdod shaharchasi. Hamda Fargʻona Katta kanali ham oqib oʻtgan, Bagʻdod tumani qishloqlari hamda Fargʻona vodiysidagi koʻplab qishloqlar haqida Yozuvchi shoir Muqimiy oʻzining „Sayohat noma“ asarida koʻplab maʼlumotlar keltirilgan.
Muhim sanalar
29-Sentabr – Bag‘dod tumani tashkil etilgan kun.