BAYRAMXON haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BAYRAMXON haqida malumot bilib oling.

BAYRAMXON (asl ismi Muhammad Bayramxon ibn Sayf Alibek) (? — 1561.1.2) — boburiylar davri siyosiy arboblaridan, shoir. Akbarjon otaligʻi (q. Otaliq). Turkmanlarning qora qoʻyunli urugʻidan. Yoshligida Badaxshonda boburiylar xizmatiga kiradi. 1534-y. muhrdorlik mansabiga tayinlanadi. 1540-y. Shershoh isyoni sababli Humoyun bilan Eronga ketadi va 1545-y. Humoyunning inilari Mirzo Askariy va Komronlardan Qandahor hamda Kobulni qaytarib olish uchun qilingan urushda qatnashadi. Bayramxon shundan soʻng 10 yilcha Qandahorda yashaydi va badiiy ijod bilan shugʻullanadi. 1555-y. «Xoni honon» (bosh xon) unvoniga sazovor boʻladi. Bayramxon hajga ketayotib Gujarotning Patton degan joyiga yetganda lohani urugʻidan boʻlmish Muborakxon tomonidan oʻldirilib, dastlab Shayx Husomiddin maqbarasiga dafn etilgan, keyinchalik uning xoki Dehliga, 1563-y. da esa Mashhadga keltirilib, Imom Rizo maqbarasi yoniga qoʻyilgan. Bayramxonning turkiy, forsiy tillardagi sheʼrlaridan iborat devoni bizgacha yetib kelgan.

Ensiklopediya.uz
BAYRAMXON