BEKVORDEYSHN haqida malumot bilib oling.
BEKVORDEYSHN (ing. backwardation) — naqs tovarlar narxi muddati kelishilgan tovarlar narxiga, tez fursatda yetkazib beriladigan tovarlar narxlari kechikibroq yetkazib beriladigan tovarlar narxiga nisbatan qimmatroq boʻlgan holat (kontangoning aksi). Mac, fev. da (1 t uchun dollar) naqd bugʻdoy 300, mart oyida yetkazib berilganda — 290, may oyida—280, iyulda—270, avg. da—265, sent. da—250, noyab. da—230 boʻlishi mumkin. Bozordagi narxlarning bunday nisbati, odatda, omborlarda tovarlarning yetishmasligi (hosil boʻlmaganligi, ish tashlashlar oqibati va b.) b-n, kelgusida esa taklifning ortishiga ishonish (mas, yangi hosil hisobiga) bilan bogʻliq. Bu davrda bozor oʻta asabiyligi, narxlarning gʻoyat pastbalandligi, chayqovchilikning kuchayishi bilan ajralib turadi.
Ensiklopediya.uz
BEKVORDEYSHN