31-avgust — Toshkentda Amir Temur haykali ochilgan kun to’liq malumot oling
Bugun 31-avgust — Toshkentda Amir Temur haykali ochilgan kun
1994-yil 31-avgust, Mustaqillik bayrami arafasida taniqli haykaltarosh Ilhom Jabborov bronzadan quyma yasagan Amir Temur haykali Toshkent aholisiga taqdim etildi.
Haykaltarosh akademik maktab vakili, usta haykaltarosh ko‘p marotaba dunyo bo‘ylab sayohat qildi: Meksikada Rivera, Orasko va Sikeyros haykallarini ko‘rib o‘z ijodini qayta nigohidan o‘tkazdi.
Aynan shu ijodiy safar natijasida Badiiy akademiya akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Ilhom Jabborov otliq Amir Temur haykalini mana shunday ajoyib ko‘rinishda yaratdi.
O‘rta asrlarning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi bo‘lgan Amir Temurga keyinchalik Samarqand va Shahrisabz shaharlarining markaziy maydonlarida ham haykallar o‘rnatildi.
Muhim sanalar
31-avgust — Toshkentda Amir Temur haykali ochilgan kun