BATIAL haqida malumot bilib oling.
BATIAL (yun. bathys — chuqur) , batial zona — Dunyo okeaninin g sublitoral va abissal (chuqur) qismlari oraligidagi zona (chuq. 200 m dan 3000 m gacha). Geomorfologik jihatdan materik yon bagʻri zonasiga toʻgʻri keladi. Okean maydonining 1/5 qismini Batial egʻallaydi. Batialda okean tubi relyefi juda notekis; suv t-rasi va shoʻrligi yil davomida deyarli oʻzgarmaydi. Chuqur suv ostida yashashga moslashgan baliqlar, mollyuskalar va b. jonivorlar uchraydi. Organizmlar orasida hayvonlar koʻproq. Yorugʻlik kam boʻlganidan oʻsimlik juda oz (q. Batial yotqiziqlar).
Ensiklopediya.uz
BATIAL