BRATSK SUV OMBORI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BRATSK SUV OMBORI haqida malumot bilib oling.

BRATSK SUV OMBORI — Rossiyaning Irkutsk viloyatidagi suv ombori. 1961-y. da Angara daryosida Bratsk GES uchun qurilgan toʻgʻon natijasida barpo etilgan. Bratsk suv ombori Angara daryosini turli mavsumlarda tartibga solib, Bratsk GESning uzluksiz ishlab turishini taʼminlaydi. Mayd. 5470 km2, hajmi 169,3 km3. Ikki asosiy qismdan (Angara daryosi boʻylab uz. 500 km, eni 33 km va Oka daryosi boʻylab uz. 370 km) dan iborat. Energetika maqsadlaridan tashqari B. s. o. dan transport, yogʻoch okizish, baliqchilik xoʻjaligi, sanoat va kommunal xoʻjaliklari maqsadlarida ham foydalaniladi. Bratsk suv ombori barpo etilgandan keyin Angara irmoqlarida kema qatnaydigan boʻlib qoldi. Bratsk suv ombori sohillarida Bratsk, Svirsk, UsolyeSibirskoye sh. lari joylashgan.

Ensiklopediya.uz
BRATSK SUV OMBORI