12-avgust — Gandimiyon shartnomasi imzolangan kun to’liq malumot oling
Bugun 12-avgust — Gandimiyon shartnomasi imzolangan kun
Gandimiyon shartnomasi — Rossiya qoʻshinlari 1873-yil bahorida Xivani egallagandan soʻng , 1873-yil 12 avgustda Rossiya bilan Xiva xoni Muhammad Rahimxon II oʻrtasida Xiva yaqinidagi Gandimiyon qishlogʻida tuzilgan shartnoma.
Shartnomaga koʻra, xon rus podshosining vassaliga aylandi va mustaqil tashqi siyosat yurgizishdan mahrum etildi. Amudaryoning oʻng qirgʻogʻidagi yerlar Rossiyaga oʻtdi va u yerda Amudaryo boʻlimi tashkil etilib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi.
Rus sanoatchi va savdogarlari butun xonlik hududida bojsiz savdo qilish, yer sotib olish, sanoat korxonalarini qurish huquqini oldi.
Rus fuqarolarini mahalliy sudlar sud qilolmaydigan boʻldi. Bundan tashqari, xon Rossiya hukumatiga 2 mln. 200 ming rubl tovon toʻlash majburiyatini oldi.
Shunday qilib, Gandimiyon shartnomasi Xiva xonligini Rossiyaning mustamlakasiga aylantirib qoʻydi.
Muhim sanalar
12-avgust — Gandimiyon shartnomasi imzolangan kun