BOYBOBO CHINNISOZ haqida malumot bilib oling.
BOYBOBO CHINNISOZ (? 1876, Qoʻqon) — kulol, chinnisoz usta. U yasagan buyumlar shaklining mutanosibligi, chinnisining aʼlo sifati, nafis uslubda ingichka moʻyqalam bilan zangori boʻyoqda chizilgan bezaklari bilan ajralib turadi. Taniqli chinnisoz Muso Konibodomiyning ham u bilan birga ishlagani maʼlum. Boybobo chinnisoz shogirdlar tayyorlab yetishtirgan. Boybobo chinnisoz yasagan buyumlar (lagan, kosa va b.) Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida saqaanadi.
Ensiklopediya.uz
BOYBOBO CHINNISOZ