BUXGALTERIYA BALANSI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUXGALTERIYA BALANSI haqida malumot bilib oling.

BUXGALTERIYA BALANSIbuxgalteriya hisobotinn aniq hisobot sanasida yakunlovchi, mablagʻlarning sarflanishi, manbai va maqsadini taʼriflovchi, jamlovchi, umumlashtirilgan jadvalda pul hisobida aks ettiruvchi hujjat. B. b. korxona, tashkilot, firma va b. xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mulkiy holatini qiymat koʻrinishida taʼriflab beradi. Buxgalteriya balansi umumlashtirilgan jadval shaklida korxonaning mulklari tarkibini, ularning joylashtirilishini, manbalarini, mablagʻlarning sarflanishi va safarbar etilishini hisobot sanasida kiymat jihatidan aks ettiradi. Buxgalteriya balansi 2 qismdan iborat boʻlib, chap tomoni aktiv, oʻng tomoni passiv deb ataladi. Aktiv va passiv bir-biriga teng boʻladi.

Ensiklopediya.uz
BUXGALTERIYA BALANSI