BURCHAK TRISEKSIYASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BURCHAK TRISEKSIYASI haqida malumot bilib oling.

BURCHAK TRISEKSIYASI (lot. tri uch va sectio — qirqish) — biror burchakni 3 teng qismga boʻlish haqidagi masala; qad. mashhur 3 masalaning biri. Bular: B. t., doyra kvadraturasi va kubni ikkilantirish. Oʻrta asr arab manbalarida Burchak triseksiyasi algebra va trigonometriya masalalari b-n bogʻlanadi. 9—10-a. larda Burchak triseksiyasi x3+px+q—O kub tenglamani yechishga keltiriladi. 15-a. da samarqandlik olim Jamshid ibn Masʼud alKoshiy juda aniq trigonometrik jadvallar tuzish va maʼlum sin3° asosida sin G ni hisoblash uchun kub tenglamani taqribiy hisoblash usulini qoʻllaydi. Eslatilgan masalalarning birontasini ham sirkul va chizgʻich yordamida yechib boʻlmaydi.

Ensiklopediya.uz
BURCHAK TRISEKSIYASI